O'zbekiston xabarlar 14- qism

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga kirishish marosimida kelgusida 1 milliondan ortiq aholi uchun barcha qulaylik va ijtimoiy infratuzilmaga ega bo‘lgan “Yangi O‘zbekiston” massivlari bunyod etilishini aytgan edi.

1741319
O'zbekiston xabarlar 14- qism

Yangi massivlar loyihasi taqdimot qilindi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga kirishish marosimida kelgusida 1 milliondan ortiq aholi uchun barcha qulaylik va ijtimoiy infratuzilmaga ega bo‘lgan “Yangi O‘zbekiston” massivlari bunyod etilishini aytgan edi.

Shu yil 2 noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bu dasturning amaliy jihatlari muhokama qilindi. O‘tgan bir oyda yangi massivlar uchun shahar yoki tuman markaziga yaqin, infratuzilmaga ega joylar tanlanib, dastlabki loyihalar shakllantirildi.

Mazkur loyihalar 30 noyabr kuni davlat rahbari huzurida taqdimot qilindi.

Rejaga ko‘ra, kelgusi yilda 22 ta yangi massiv barpo etiladi.  Quruvchi tashkilotlarga yengillik berish maqsadida faqatgina ko‘p qavatli uy-joy maydonining o‘zi auksion orqali sotiladi. Tutash maydonlar esa, qurilish bitganidan keyin, uy-joy mulkdorlariga umumiy foydalanishga beriladi. Tadbirkorlik uchun yer uchastkalari elektron onlayn auksion orqali ajratiladi.

Davlatimiz rahbari mazkur yangi mavzelarda ko‘plab maktab, bog‘cha va tibbiyot muassasalari qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Kichik sanoat zonasi, tadbirkorlik ob’ektlari tashkil etish orqali kamida 50 mingta ish o‘rni yaratish mumkinligi ta’kidlandi.7

Hudud rahbarlari qurilishni tashkil etish rejalari yuzasidan axborot berdi.

            O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlash hamda jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi ishlarni “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida tashkil etishning mutlaqo yangi mexanizm va tartiblari joriy etilib, davlat organlarining jamoatchilik tuzilmalari bilan o‘zaro maqsadli hamkorligi yo‘lga qo‘yildi.

Shu bilan birga, jahonda kuchayib borayotgan turli xavf-xatar va ziddiyatlar, el-yurt tinchligi va osoyishtaligiga tahdidlar, pandemiya, tabiiy va texnogen ofatlar mas’ul davlat tuzilmalariga o‘z faoliyatini “Barcha sa’y-harakatlar inson qadri uchun” degan ustuvor g‘oya asosida yanada takomillashtirish vazifasini yuklamoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6196-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, mamlakatimizda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada rivojlantirish hamda ushbu sohadagi davlat siyosatining istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash maqsadida:

1. Jamoat xavfsizligini ta’minlashdagi ilg‘or xorijiy va milliy tajribalar asosida ishlab chiqilgan hamda aholini har qanday tahdidlardan kafolatli himoya qilishga qaratilgan:

O‘zbekiston Respublikasijamoat xavfsizligi konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda – Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;

2022-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi (keyingi o‘rinlarda – Strategiya) 2-ilovaga muvofiq;

2022-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda – “Yo‘l xaritasi”) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Konsepsiya, Strategiya va “Yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan mas’uliyat jamoat xavfsizligini ta’minlovchi davlat organlarining shaxsan birinchi rahbarlariga yuklatilsin.

2. Konsepsiya va Strategiyani bosqichma-bosqich amalga oshirishning quyidagi tartibi o‘rnatilsin:

Vazirlar Mahkamasi (A.N.Aripov) – 2023-2025 yillarda har yili jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy qilish bo‘yicha aniq mexanizmlarni nazarda tutuvchi manzilli chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin hamda ijrosini qat’iy nazoratga olsin;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi (V.V.Maxmudov) – har yarim yilda davlat organlari rahbarlarining “Yo‘l xaritasi” va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan manzilli chora-tadbirlar dasturlari ijrosi, shu jumladan, mazkur dasturlarning hududlar kesimida amalga oshirilishi yuzasidan hisobotlarini eshitish va tanqidiy muhokama qilish amaliyotini yo‘lga qo‘ysin.

3. Belgilansinki:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda hamda istirohat bog‘lari, xiyobonlar va bozorlarda jamoat tartibini saqlashni tashkil etish bevosita Milliy gvardiya bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi;

2022-2023 yillarda tuman ichki ishlar organlari tarkibidagi konvoy bo‘linmalari bosqichma-bosqich viloyat ichki ishlar organlarining bevosita bo‘ysunuviga o‘tkazilib, yagona boshqaruv tizimi asosida tumanlararo xizmat o‘tash tamoyiliga muvofiq qayta tashkil etiladi.

Milliy gvardiya (R.M.Jo‘rayev):

Adliya vazirligi (R.Q.Davletov) bilan birgalikda bir oy muddatda jamoat tartibini saqlash sohasida sodir etiladigan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati ichki ishlar organlari bilan bir qatorda Milliy gvardiyaga berilishi bo‘yicha qonun loyihasini kiritsin;

bir oy muddatda hududlarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda jamoat tartibini saqlash faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida 2022 yilda Namangan, Farg‘ona, Andijon va Surxondaryo viloyatlaridagi, 2023 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridagi Milliy gvardiyaning harbiy qismlarida muddatli harbiy xizmatni kengaytirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar kiritsin.



Aloqador xabarlar