Bularni bilasizmi 12-qism

Turkiyaning Bolu viloyatiga qarashli Mengen tumani "Oshpazlar diyori" ekanligini bilasizmi?

1736782
Bularni bilasizmi 12-qism

 

Bolu viloyati Mengen tumani Usmoniylar imperiyasi davridan beri "oshpazlar diyori" bo’lib kelgan...

Mengendagi pazandachilik tarixi Usmoniy saroy oshxonasiga borib taqaladi. Ma’lumki, pazandachilik va oshxona madaniyatiga katta e’tibor berishi bilan tanilgan Usmoniy sultonlarining eng mashhuri 1604-yilda taxtga o‘tirgan Ahmad I birinchi bo‘lib Mengendan Topkapi saroyiga usta oshpazlarni olib kelgan.

Oshpazlik sohasiga berilgan katta e’tibor Usmoniy saroylaridan boshlanib, Respublika tashkil topgandan keyingi yillarda ham davom etgan va Mengenda yetishib chiqqan oshpazlar dunyo yetakchilarining oshxonalariga ham kirib borgan.

Qolaversa, deyarli barcha davlat rahbarlariga, ayniqsa Mustafo Kamol Otaturkka xizmat qilgan oshpazlar ham mengenlik bo’lgan. Turkiyada ochilgan birinchi oshpazlik maktabi ham o’sha tumanda joylashgan bo’lib, u  dunyoning eng yaxshi 5 maktabi qatoriga kirgan.

Mengen tumanida ta’lim olgan oshpazlar xorijiy davlatlardan kelgan oliy martabali mehmonlarga berilgan ziyofatlarda ham ishtirok etishgan. Bugungi kunda Yevropa, Yaqin Sharq, Amerika, Afrika va hatto Uzoq Sharqda Mengen oshpazlari va ularning mazali taomlarini uchratish mumkin.

 


Tanlangan kalimalar: #Bolu , #Turkiya

Aloqador xabarlar