O'zbekiston xabarlar 11- qism

Ma’lum qilinishicha, vazirlik tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish, mavjud muammo va kamchiliklarni ijobiy hal qilish maqsadida maxsus Call-markazni ishga tushirdi.

1735211
O'zbekiston xabarlar 11- qism

 

Ma’lum qilinishicha, vazirlik tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish, mavjud muammo va kamchiliklarni ijobiy hal qilish maqsadida maxsus Call-markazni ishga tushirdi. Ushbu Call-markazning 1295 raqami orqali fuqarolar hamda soha mutaxassislari o‘z takliflarini bildirishi mumkin.

Bu murojaatlarning aksariyati Call-markazga biriktirilgan mutasaddilar tomonidan hal qilinsa, bir qismi olimlar, shifokorlar, farmatsevtlar, hamshiralar va tizim xodimlari bilan bo‘ladigan ochiq muloqotda prezidentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkaziladi.

“Mazkur Call-markaz Yangi O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimining buguni va ertasiga befarq bo‘lmagan tibbiyot xodimlarining faoliyatlari bilan bog‘liq masalalar, tizimdagi muammolar va sohani yanada rivojlantirishga turtki beradigan g‘oya va takliflari uchun ishlashni boshladi.

Qadrli soha vakillari, murojaat yo‘llash orqali sog‘liqni saqlash tizimi taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shasiz”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning ilk ochiq muloqoti 2021-yilning 20-avgustida tadbirkorlar bilan o‘tkazildi. Unda jami 10 mingga yaqin tadbirkor ishtirok etdi.

 

 

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri “Tolibon” harakati xalqaro hamjamiyat oldida qanday majburiyatlarni o‘z zimmasiga olganini eslatib o‘tgan:

Vakillikka asoslangan hukumatni yaratish;

asosiy inson huquqlari va erkinliklariga, jumladan, ayollar va milliy ozchiliklarning huquqlariga rioya qilish;

xalqaro terrorizm va giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish;

turli terroristik guruhlarning mamlakat hududiga joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, ular bilan har qanday aloqalarni to‘xtatish;

intaqadagi davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini qo‘llab-quvvatlash.

“Afg‘oniston hududidan endi hech qachon boshqa davlatlarga nisbatan zarracha tahdid ham bo‘lmasligi kerak”, — deya ta’kidlaydi TIV rahbari.

“O‘ylaymizki, Afg‘onistonning muvaqqat hukumati mamlakat yaqin kelajakda davlatlararo va xalqaro munosabatlarda teng huquqli subyektga, umumiy sivilizatsiya dunyosining bir qismiga aylanishi uchun ushbu muhim qadamlarni qo‘yishga qodir. Boshqa yo‘l yo‘q, faqat u afg‘on xalqini taraqqiyot va farovonlikka, Afg‘onistonni — uzoq kutilgan tinchlik sari yetaklar oladi”, — deydi Abdulaziz Komilov.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Afg‘onistondagi gumanitar vaziyat halokatga yaqin.

“Ammo Afg‘oniston xalqariga samarali va favqulodda yordam berishga kuchimiz yetadi. Dastlabki qadamlar sifatida Afg‘onistonning xalqaro aktivlarini faollashtirish, sanksiyalarni yechish, shuningdek, mamlakat bank tizimining qayta tiklanishida amaliy yordam berish uchun mavjud barcha jahon hamjamiyatlari imkoniyatlaridan foydalanish”, — deydi u.

Eslatib o‘tamiz, Abdulaziz Komilov 8-sentabr kuni Afg‘oniston masalasi bo‘yicha 20 dan ortiq TIV rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ham Afg‘oniston uchun mojarolardan keyingi strategiyani ishlab chiqish, jumladan, uning iqtisodiyotini tiklash, mamlakatni mintaqaviy integratsion jarayonlarga jalb qilish, infratuzilma loyihalarini amalga oshirish zarurligiga e’tibor qaratgandi. “Tolibon” rasmiysi 7-oktabr kuni Kobulda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan o‘tkazilgan muzokaralar davomida O‘zbekiston xavfsizligiga Afg‘oniston hech qanday tahdid bo‘lmasligini aytgandi.

Renault O‘zbekistonda uchta model yangi avlod yo‘ltanlamasini chiqaradi. Hozirda sotuvda faqat ikkita model bor

Renault avtomobillari narxlari oktabr oyining o‘rtalarida ham e’lon qilingandi. Ammo rasmiy vakillar bu narxlar yakuniy belgilangan narxlar emasligi va unda o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Fransiyaning Renault avtomobillarini yig‘ishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilayotgani 2020-yilning oxirlarida ma’lum bo‘lgandi. Bu haqda 2021—2023-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlangan Prezident qarorida keltirilgan.

O‘zbekistonlik xaridorlar uchun avtomobillar ADM-Jizzakh zavodida yig‘iladi. Bu yerda Renault’dan tashqari Kia va Lada ishlab chiqariladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-oktabr kuni mazkur zavodga tashrif buyurib, ish jarayonini ko‘zdan kechirgandi.

Transport inshootlari loyihasi ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 noyabr kuni Toshkent shahrining transport infratuzilmasini rivojlantirishga oid loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Mamlakatimiz taraqqiy etgani sari shaharlar har tomonlama o‘sib bormoqda. Poytaxtimizda ham zamon talablaridan kelib chiqib, yangi yo‘l va ko‘priklar qurilmoqda, transport yo‘nalishlari kengaytirilmoqda.

So‘nggi yillarda Toshkent shaxrida yangi metro yo‘nalishlari qurilib, aholi uchun katta qo‘layliklar yaratildi. Toshkent metropolitenini yanada rivojlantirish maqsadida “Buyuk ipak yo‘li” bekatidan Toshkent traktor zavodi dahasigacha yerosti yo‘li hamda yerusti halqa metrosining ikkinchi bosqichini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Taqdimotda shu boradagi loyiha takliflari ko‘rib chiqildi. Masalan, yangi yerosti yo‘lini Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi yoki Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi orqali olib o‘tish ustida ishlanmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, birinchi holatda yo‘l uzunligi 8,6 kilometr, kunlik yo‘lovchilar soni  62 ming bo‘ladi. Ikkinchi variantda esa masofa salkam 8 kilometr bo‘lib, kuniga 55 ming kishiga xizmat ko‘rsatilishi mumkin. Qurilish ishlari besh yilga mo‘ljallangan.

Yerusti metrosining ikkinchi bosqichi ham muhim loyiha. Unga ko‘ra, Qo‘yliq dahasidan Sergeli yo‘lining 5-bekatigacha 11 kilometrdan ziyod estakada quriladi. Bekatlar soni yettita bo‘lishi, kuniga 38 ming yo‘lovchi tashilishi kutilmoqda.

Yana bir loyihaga ko‘ra, Bobur ko‘chasidan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi yo‘l o‘tkazgichi kengaytirilib, yonida halqa shaklida aylanma ko‘prik qurish ko‘zda tutilgan.

Taqdimotda ushbu loyihalarning texnik-iqtisodiy masalalari muhokama qilinib, davlatimiz rahbari loyihalarni qulaylik, xavfsizlik va sifat jihatidan takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

YUNISEFning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori bilan uchrashuv to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF)ning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Afshon Xon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mehmon mamlakatimizga Jahon bolalarni himoya qilish kuni va YUNISEFning 75 yilligiga bag‘ishlangan “Nogiron bolalar uchun inklyuzivlikni ta’minlash” xalqaro veb-forumida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan.

Muloqot davomida O‘zbekiston va YUNISEF o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati hamda yaqin istiqboldagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi.

 

YUNISEF rahbariga O‘zbekistonda bolalarni ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish hamda mustahkamlash, ta’lim tizimini takomillashtirish, sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan amaliy chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.

O‘z navbatida, Afshon Xon O‘zbekiston hukumati tomonidan fuqarolar, ayniqsa, mojaroli hududlardan ayollar va bolalarni qaytarish, ularning jamiyatga qayta moslashuvini ta’minlash, qaytarilgan fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan «Mehr» insonparvarlik aksiyasini olqishladi.

Uchrashuvda Jamg‘armaning 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston bo‘yicha yangi hamkorlik dasturi doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

 


Tanlangan kalimalar: #BMT , #Shavkat Mirziyoyev , #O'xbekiston

Aloqador xabarlar