O'zbekistondan xabarlar 8-qism

Turkiyaning “ANKASAM” Inqiroz va siyosat tahliliy markazi veb-saytida “24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylov g‘olibi: Yangi O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev va o‘zbek xalqi”  sarlavhali maqola turk va ingliz tillarida eʼlon qilindi.

1725533
O'zbekistondan xabarlar 8-qism

 

Turkiyadan munosabat: Uchinchi Renessans davriga poydevor qo‘yayotgan O‘zbekiston bu vazifani tashabbus muallifi Shavkat Mirziyov bilan barpo etadi.

Turkiyaning “ANKASAM” Inqiroz va siyosat tahliliy markazi veb-saytida “24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylov g‘olibi: Yangi O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev va o‘zbek xalqi”  sarlavhali maqola turk va ingliz tillarida eʼlon qilindi.

Markaz direktori, professor Mehmet Seyfettin Erol qalamiga mansub maqolada O‘zbekiston Prezidenti saylovida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod, amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning ishonchli g‘alaba qozongani, unga o‘zbek xalqi yuksak ishonch bildirgani haqida bayon etilgan.

Materialda 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda o‘zbek xalqi nafaqat Shavkat Mirziyoyevni saylagani, balki Yangi O‘zbekiston strategiyasini amalga oshirishni ixtiyor etgani taʼkidlangan.

“Shavkat Mirziyoyev 2017-2021 yillarda O‘zbekiston ichki va tashqi siyosatida muvaffaqiyatli faoliyat olib bordi, uzoqni ko‘zlab turli loyihalarni amalga oshirdi, mintaqa tinchligi va barqarorligini taʼminlashda izchil saʼy-harakatlar qildi, - deya taʼkidlaydi Mehmet Seyfettin Erol. - O‘zbekiston xalqi o‘z tanlovini demokratik tamoyillar asosida amalga oshirdi va saylov qutisi oldida xohish-irodasini ifoda etib, amaldagi davlat rahbariga “vakolatlaringizni bajarishda davom eting” dedi. Shavkat Mirziyoyevning birinchi bosqichdayoq qayta saylanishi uning Prezidentlik davridagi muvaffaqiyatlarining tasdig‘idir”,-deb yozadi maqola muallifi.

 

Shavkat Mirziyoyev g‘alabasi O‘zbekiston xalqining mamlakatda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarga yuksak ishonchini namoyish etdi – ekspertlar

O’zbekistonda joriy yil 24 oktyabr kuni o‘tkazilgan Prezident saylovining dastlabki natijalari haqida Turkiya siyosiy, tahliliy-ekspert doiralari vakillari o‘z munosabatini bildirmoqda.

Binali Yildirim, Turkiya sobiq Bosh vaziri:

 

- O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan saylovning yuqori darajada tashkil etilgani bizni juda mamnun qildi. Chuqur tarixiy ildizlarimiz mushtarak bo‘lgan O‘zbekistonning barqarorligi va taraqqiyoti biz uchun ham juda muhim. 

Prezident saylovi natijalari qardosh va do‘st o‘zbek xalqiga xayrli bo‘lsin. Sayxun va Jayxun daryolari o‘rtasidagi barokotli tuproqni o‘z ichiga oluvchi O‘zbekiston butun turkiy dunyoning ma’naviy qalbi hisoblanadi. 

Biz Toshkentni xuddi Anqara kabi yaxshi ko‘ramiz, Buxoro qalbimizga Koniya qadar yaqin, Samarqandni Bursaga qiyoslaymiz. O‘zbekiston nafaqat tarixiy shaharlari bilan, balki Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Ibn Sino, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy kabi dunyo ilm-fani taraqqiyotiga benazir hissa qo‘shgan olimu fuzalolari bilan ham mashhur. Yangi davrda mazkur tarixiy asoslarga tayangan holda O‘zbekistonda yangi yuksalishlar bo‘lishiga ishonaman.

 

Osman Mesten, Turkiya Buyuk Millat majlisidagi (parlament) "Turkiya-O‘zbekiston" do‘stlik guruhi rahbari: 

- Shavkat Mirziyoyev g‘alabasi O‘zbekiston xalqining mamlakatda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarga yuksak ishonchini namoyish etdi. 

So‘nggi besh yilda ichki siyosatdagi ijobiy o‘zgarishlar, O‘zbekistoning xalqaro maydondagi nufuzining yuksalishi Shavkat Mirziyoyevning mamlakat kelajagi uchun munosib nomzod ekanidan dalolat berardi va o‘zbek xalqi buni yana bir bor tasdiqladi. 

Shavkat Mirziyoyev yetakchiligida O‘zbekistonning mintaqa, turkiy dunyo va xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori yanada oshishiga  aminman. Prezident Shavkat Mirziyoyev va barcha O‘zbekiston xalqini buyuk g‘alaba bilan tabriklaymiz.

 

Mesut Yemre Karakose, Turkiya strategik tadqiqotlar markazi rahbari: 

- O‘zbekiston xalqi Shavkat Mirziyoyevni qo‘llab-quvvatladi va katta ishonch bildirdi. Bu natija aholining Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlardan mamnunligi va ularni qo‘llab-quvvatlayotganidan dalolatdir.

Prezident saylovi to‘la demokratik tamoyillar asosida va ochiqlik ruhida o‘tdi. Xalqaro kuzatuvchilar saylovni diqqat bilan kuzatib bordi va ovoz berish jarayonida hech qanday qonun buzilish holatlari qayd etilmaganini ta’kidlamoqda. O‘zbekiston Prezidenti saylovi demokratik yetuklik darajasi bo‘yicha ko‘plab davlatlar uchun namuna bo‘ldi, deb hisoblayman.

Saylovda aholining yuqori darajadagi ishtiroki o‘zbek xalqining davlat rahbariyatiga bo‘lgan ishonchining yaqqol ifodasidir. Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida O‘zbekiston istiqbolda yangidan yangi marralarni zabt etishiga ishonchim komil.

Saylov natijalari qardosh o‘zbek xalqiga va O‘zbekiston davlatiga muborak bo‘lishini tilab, Prezident Shavkat Mirziyoyevni ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz.

 

O‘zbekiston Prezidenti saylovi Turkiyaning 100dan ziyod ommaviy axborot vositalari tomondan yoritib borildi.

O‘tgan yakshanba kuni O’zbekistonda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti saylovi va uning dastlabki natijalari haqida Turkiyaning 100dan ziyod ommaviy axborot  vositasida materiallar e’lon qilindi.

Jumladan, "CNN Turk", "TRT Haber", "TRT AVAZ", "Haber Turk", "A Haber", "TGRT Haber" singari yetakchi telekanallarda davlat rahbarligi uchun kechgan  saylov jarayoni haqidagi reportajlar namoyish etildi. 

Bundan tashqari, "Anadolu Agentligi",  "Ihlas Habar Agentligi", "DHA", "Turan Habar Agentligi" kabi qator axborot agentliklarida ham saylov keng yoritib  borildi. O‘zbekiston Prezidenti saylovning dastlabki natijalari haqida "Biznes Türk" jurnali, "Milliyet", "Hürriyet", "Star", "Milli Gazete", "Yeni Gün", "Aydınlık" va boshqa nashrlarda maqolalar chop etildi. 

Barcha turk ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan materiallarda O‘zbekiston Prezidenti saylovida beshta siyosiy partiya o‘z nomzodlarini ilgari surgani, nufuzli xalqaro tashkilotlardan hamda xorijiy davlartlardan kuzatuvchilar ishtirok etgani, saylov jarayoni xalqaro normalarga to‘la javob berishi va ovoz berish jarayonlari davomida hech qanday qonun buzilish holatlari qayd etilmagani  o‘z aksini topgan.

Turkiya nashrlari Shavkat Mirziyoyevning ikkinchi muddatga saylanishiga ham alohida e’tibor qaratdi. Ushbu mavzuda berilgan materiallarda mamlakat uchun zahmatli mehnati singan, uning mintaqa va xalqaro maydondagi obro‘sini oshirishga erishgan Shavkat Mirziyoyev haqli ravishda o‘zbek xalqining yuksak ishonchini qozongani ta’kidlangan.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Shavkat Mirziyoyev , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar