Bularni bilasizmi 8-qism

Tabiiy o'rmonlarda hosil bo'lgan dunyodagi ikkinchi yirik travertin hududi Turkiyada ekanligini bilasizmi?

1724272
Bularni bilasizmi 8-qism

 

Turkiyaning Qora dengiz hududida dunyoga mashhur Pamukkale travertinlaridan tashqari yana bir yirik travertin hududi mavjud.

Giresunning Dereli tumanidagi Pamukkalega o'xshagan Go'ksu travertinlari AQShdagi Yelloustoun milliy bog'idan keyin o'rmonda hosil bo'lgan ikkinchi eng katta travertin hududidir.

“Kuzalan” Tabiat Parkidan taxminan 4 kilometr uzoqlikda joylashgan Go'ksu travertinlari moviy va oq ranglari bilan Pamukkaleni eslatib turadi.

Tarkibida ko’plab minerallarga ega bo’lgan va kalsiy gidrokarbonatning mono-karbonat shaklida choʻkishidan hosil bo'lgan travertinlar joylashgan hudud katta-kichik ko’lchalar hosil qilish orqali yuzaga keltirilgan.

Mehmonlar uchun qurilgan piyoda yo‘laklari vaqt o‘tishi bilan oppoq rangga burkangan, ko’lchalar esa, moviy tusga kirgan.

Go’ksu travertinlari hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari 2022 yilda yakunlanib, turistlar xizmatiga ochiladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya

Aloqador xabarlar