Bularni bilasizmi 7-qism

Gaziantep paxlavasi Yevropa Ittifoqida geografik ko'rsatkich sifatida ro'yxatga olinganligini bilarmidingiz?

1724049
Bularni bilasizmi 7-qism

 

Paxlava shirinligining ona vatani O'rta Osiyo bo’lib, u turklar tomonidan Anadoluga kirib kelgan. Vaqt o'tishi bilan u Usmoniy saroyi oshxonalarida turli shakllarda tayyorlana boshlagan. Bugungi kunda, paxlava haqida gap ketganda avvalo Gaziantep paxlavasi birinchi navbatda aqlga keladi.

Turkiyaning Gaziantep shahrida otadan o'g'ilga, ustozdan shogirdga o'rgatilib, kunimizgacha yetib kelgan Gaziantep paxlavasi an'anaviy turk oshxonasining eng muhim shirinliklaridan  biridir.

Yevropa Komissiyasi 2013 yilda Gaziantep paxlavasini "himoyalangan kelib chiqish nomi" va "himoyalangan geografik ko'rsatkich" ro'yxatiga kiritishni ma'qulladi.

O'ziga xos pishirish usuli, ishlatiladigan masalliqlar va sifati bilan brendga aylangan Gaziantep paxlavasi, geografik ko'rsatkich sifatida ro'yxatga olinib, Turkiyaning muhim mahsulotlaridan biriga aylandi.

Gaziantep paxlavasining bu ro'yxatga olinishi uning o'ziga xos xususiyatlarini saqlab qolish va har qanday suiiste'mollik va taqlidning oldini olishda katta ahamiyatga ega.

Yevropa Ittifoqida ro'yxatdan o'tgan turk oshxonasining birinchi mahsuloti bo'lmish Gaziantep paxlavasi endilikda nafaqat turk dasturxonining, balki Yevropaliklar dasturxonining ham ko’rkiga aylandi desak mubolag’a bo’lmaydi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #paxlava , #baklava

Aloqador xabarlar