Yevroosiyo kun tartibi-7

Dasturimizning bugungi sonida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning Oʻzbekistonga boʻlgan tashrifi haqida soʻz qilamiz.

1719618
Yevroosiyo kun tartibi-7

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov joriy yilning 4-5 oktabri kunlari rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻldi. Poytaxt Toshkentda joylashgan “Islom Karimov” nomidagi xalqaro aeroportda Gurbanguli Berdimuhamedovni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shaxsan kutib oldi.

2021-yil 5-oktabr kuni ikki davlat rahbari oʻzaro va hay’atlararo uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvlar natijasida ikkala mamlakat oʻrtasida munosabatlarining turli sohalarini oʻz ichiga olgan 23 shartnoma imzolandi.

Tashrif doirasida 4-oktabr kuni Toshkentda ikki mamlakat Bosh vazir oʻrinbosarlari ishtirokida Oʻzbekiston-Turkmaniston biznes-forumi boʻlib oʻtdi. Forum doirasida ikki mamlakat tashkilot va shirkatlari oʻrtasida 13 shartnomaga qoʻl qoʻyildi.

Prezident Berdimuhammedovning tashrifidan oldin Turkmaniston hay’ati Oʻzbekistonda bir qator uchrashuvlar yoʻlga qoʻygandi. Yaqindagina, 13-sentabrda Toshkentda birinchi marotaba suv masalalari boʻyicha Oʻzbekiston-Turkmaniston hukumatlari oʻtasidagi komissiya yigʻgilishi boʻlib oʻtdi. Suv muammosining mintaqa davlatlarining eng muhim masalalaridan biri ekanini hisobga olsak, bunday uchrashuvlarning oʻtkazilishi tahsinga sazovor.

Shuningdek, 2021-yilning 14-sentabri kuni Oʻzbekiston-Turkmaniston hukumatlararo komissiyasining navbatdagi 16-yigʻilishi samarali oʻtgandi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo hajmi 2017-yili 177 million dollarni tashkil etar ekan 2020-yilda bu raqam 527 million dollardan oshdi. Oʻzbekiston va Turkmaniston mushtarak savdo hajmini kelasi yili 1 milliard dollarga chiqarishni rejalashtirilmoqda.

Turkmaniston va Oʻzbekiston gʻalaba qozon formulasini qabul qilib, xalqaro bozordan yana-da koʻproq poy olish uchun hamkorligini yangi saviyaga koʻtarishga urinmoqda. Bundan buyon Oʻzbekiston gʻarbga, Turkmaniston esa sharqqa bir-biri imkonidan foydalangan holda yana-da qulayroq erishadi. Ikkala mamlakat rahbari quriqlik, dengiz va temir yoʻli transportida bir-biriga qulaylik berishini bildirdi.

Toshkentdagi uchrashuvda qabul qilingan qaror bundan buyon faqatgina fuqarolarning bir-biri mamlakatiga kirib-chiqishini osonlashtirish bilangina cheklanib qolmay ayni vaqtda, tijoriy aloqalar bosh boʻlish bilan birga ikkala mamlakatning barcha sohasidagi munosabatning yana-da rivojlanishiga ijobiy hissa qoʻshadi. Chegara hududlarida savdo uylarini ochish va mintaqalar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Xivada Oʻzbek-turkman mintaqaviy forumini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorlarning qabul qilinishi Berdimuhammedov tashrifining aniq natijalaridan biridir. Liderlar shuningdek, ikkala mamlakatning qoʻshni viloyatlari oʻrtasida oʻzaro tashriflarni koʻpaytirish boʻyicha mahalliy yetakchilikka topshiriqlar ham berdi.

Sanoat sohasida mahsulot ishlab chiqaradigan qoʻshma shirkatlarni tuzish toʻgʻrisidagi kelishuvga erishish ham Berdimuhamedovning Toshkentga boʻlgan tashrifining eng mazmunli natijalaridan biri ekanini yaqqol koʻrsatmoqda.

Turkmaniston va Oʻzbekiston Prezidentlari Markaziy Osiyo mintaqasi masalalari ustidan birgalikda harakat qilganliklarini e’lon qildilar. Mintaqaviy masalalar boʻyicha murosa qilinishi Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi integratsiyani tezlashtiradi.

Tojikistondan farqli olaroq Oʻzbekiston va Turkmaniston Afgʻonistonning yangi yetakchiligi bilan muzokara olib bormoqda. Toshkent bilan Ashxobodning Afgʻonistonda katta investitsiyalari bor. Transport va energetika sohasiga kiritilgan investitsiyalar tufayli Turkmaniston bilan Oʻzbekiston Janubiy Osiyoga ochilmoqchi. Mirziyoyev va Berdimuhamedov Toshkentdagi uchrashuvda Afgʻonistonga yordam berishni davom etishlarini bayon etdilar.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning Oʻzbekistonga tashrifi samarali oʻtdi va ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga koʻtarish uchun shaxdam qadamlar tashlandi.



Aloqador xabarlar