Bularni bilasizmi 6-qism

Gaziantepda 3 ming yil avvalgi haykaltaroshlik ustaxonasi borligini bilarmidingiz?

1717587
Bularni bilasizmi 6-qism

 

Turkiyaning Janubi-Sharqiy Anadolu mintaqasida joylashgan Gaziantep viloyatidagi Yesemek ochiq havo muzeyi va haykaltaroshlik ustaxonasi, taxminan uch ming yil oldingi Xett imperiyasi davrida ochilgan.

1890 yilda kashf etilgan hudud Gaziantep muzey boshqarmasi tomonidan obodonlashtirilib, ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirildi.

Yesemek ochiq havo muzeyida qazilmalarda topilgan yuzlab haykallarning qoldiqlari namoyish qilinadi. Ulardan aksariyatini arslon haykallari tashkil qiladi.

Ochiq osmon ostidagi muzeyda tonnalarcha og’irlikdagi 518 ta haykal namoyish qilinmoqda. Ular orasida sher motivlari, o'tirgan arslonlar, qanotli arslonlar, Tog' tangrisining relyeflari, jang sahnalari va me'moriy buyumlar mavjud bo’lib, ular o’zining tabiiy muhitida namoyish qilinmoqda.

YUNESKOning Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan va har yili butun dunyodan ziyoratchilarni qabul qiladigan Yesemek ochiq havo muzeyi va haykaltaroshlik ustaxonasiga joriy yilda pandemiyaga qaramay, 15 mingga yaqin sayyoh tashrif buyurdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Gaziantep

Aloqador xabarlar