TurkPAga raislik qilish vazifasi Ozarbayjondan Qozogʻistonga oʻtdi

Yevroosiyo kun tartibi-6

1716771
TurkPAga raislik qilish vazifasi Ozarbayjondan Qozogʻistonga oʻtdi

Dasturimizning bugungi sonida Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan TurkPAning oʻninchi yalpi majlisi haqida soʻz qilamiz.

2021-yilning 27-28 sentabri kunlari Qozogʻistonning Turkiston shahrida Turk tilida soʻzlashuvchi davlatlar Parlament assambleyasining (TurkPA) navbatdagi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi. Turk dunyosining manaviy poytaxti hisoblangan Turkiston shahrida boʻlib oʻtgan ushbu majlisda Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Turkiya parlament raislari, Oʻzbekiston va Vengriya parlament raisi oʻrinbosarlari, Xalqaro Turk kengash, Xalqaro Turk akademiyasi va TURKSOY kabi tashkilot vakillari ishtirok etdi.

TurkPAning yalpi majlis ochilishida Qozogʻiston Respublikasi asoschisi Nursulton Nazarboyev bilan amaldagi Prezidenti Qasim Joʻmart Toqayev yuborgan xatlar oʻqildi. Qozogʻiston Prezidenti Toqayev yalpi majlisga yuborgan maktubida Xalqaro biologik xavfsizlik agentligi tashkil etishni taklif qilgan. Majlisda ishtirok etganlar Toqayev taklifini qoʻllab–quvvatlab, uni yigʻilishning yakuniy bayonotiga kiritdilar.

Qozogʻiston parlament raisi Nurlan Nigmatulin mezbonlik qilgan majlisda tashkilotga a’zo davlatlar oʻrtasidagi munosabatlar va parlamentlararo hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik kabi masalalar ham muhokama qilindi. Tashkilotga raislik qilish vazifasi Ozarbayjondan Qozogʻistonga oʻtdi.

Markaziy ofisi Bokuda joylashgan TurkPA, tarkibidagi Turk Respublikalari ayniqsa Turk Respublikalari parlamentlari oʻrtasidagi hamkorlikni yaxshilash boʻyicha oʻz faoliyatlarini davom ettirmoqda. Oʻninchi yalpi majlisda tashkilotning yangi bosh kotibi va uning oʻrinbosari tayin qilindi. TurkPAning yangi Bosh kotibi olaroq tajribali diplomat Mehmet Sureyya Er saylandi. Yangi bosh kotib bugungacha TIKA rahbari oʻrinbosari va Turkiyaning Toshkentdagi elchisi boʻlib xizmat qilgan. Mehmet Sureyya Er, shu bois ham Turk dunyosini yaqindan yaxshi biladi.

Qozogʻiston parlamenti raisi Nurlan Nigmatulin yigʻilishda soʻzlagan nutqida, “Turk koʻz qarashi-2040” deb nomlangan strategik hujjatni qoʻllab-quvvatlovchi namunali qonunlar qabul qilinishi kerakligini qayd etdi. Nigmatullin kiberxavfsizlik sohasida qabul qilinadigan qonunning bunga misol boʻla olishiga e’tibor qaratdi.

Majlis yakunida TurkPA oʻninchi yalpi majlisining Turkiston deklaratsiyasi imzolandi. Navbatdagi majlis 2022-yili Qirgʻiziston poytaxti Bishkekda oʻkaziladi.

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Mustafa Shentoʻp yigʻilish oldidan Nursulton shahrida Qozogʻiston Prezidenti Qasim Joʻmart Toqayev, Qozogʻiston Respublikasi asoschisi Nursulton Nazarboyev va Qozogʻiston majlis va senati rahbarlari bilan alohida-alohida uchrashdi. “Xoʻja Ahmat Yassavi” nomidagi xalqaro qozoq-turk universitetiga tashrif qilib, Xalqaro Turk akademiyasi tadbirida ishtirok etdi.

Turkiya 30 yildan beri Turk dunyosining integratsiyasi uchun bor kuchi bilan kurashmoqda.  Turk dunyosini birlashtiradigan tashkilotlarga har doim yordam berib, TurkPAning xalqaro institutga aylanishida faol rol oʻynadi.

2008-yili tashkil etilgan TurkPA, xalqaro platformada Turk Respublikalari e’tirofini oshirish va boshqa xalqaro tashkilotlar, parlamentlar bilan hamkorliginini rivojlantirish kabi masalalarda yetakchilik oʻrnini saqlab kelmoqda.

Turk Respublikalari xalqaro maydonda umumiy nutqni qabul qilishlari va birgalikda qadam tashlashlari uchun yana-da koʻproq qonun takliflari ustidan ish olib borishlari va hatto bu borada kelishib olishlari lozim. Bu nuqtada TurkPA zimmasiga katta mas’uliyat yuklangan. TurkPA xalqaro sohada Turk dunyosining irodasini ifodalaydi.


Tanlangan kalimalar: #Turkistan , #TurkPA

Aloqador xabarlar