O’zbekiston xabarlar 5- qism

O‘zbekiston va Turkmaniston elektr energiya yetkazib berish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuvni imzoladi.

1715710
O’zbekiston xabarlar 5- qism

O’zbekistondan xabarlar 6- qism

O‘zbekiston va Turkmaniston elektr energiya yetkazib berish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuvni imzoladi.

O‘zbekiston va Turkmaniston elektr energiyasini yana bir yil davomida yetkazib berish bo‘yicha o‘zaro bitim imzoladi. Bu haqda investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratovga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

“[Bitim] keyingi yilga ham uzaytirildi… Narxlar aniq oldingi darajada saqlangan”, — deydi Qudratov.

Energetika vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Turkmanistondan O‘zbekistonga elektr energiyasini yetkazib berish “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Turkmanistonning “Turkmanenergo” davlat elektr energetika koorporatsiyasi bilan 2019-2020-yillarda elektr energiyasini import qilish yuzasidan imzolagan kelishuviga asosan amalga oshirilib kelgan.

“2022-yilning yanvaridan dekabriga qadar elektr energiyasini yetkazib berish ‘Turkmanenergo’ va ‘O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari’ o‘rtasidagi navbatdagi qo‘shimcha bitim asosida amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, Energetika vazirligi yetkazib beriladigan elektr energiyasining hajmi va narxini ma’lum qilishdan bosh tortgan. 2019-yil dekabr boshida qo‘shni respublikadan ikki kun ichida 14,9 million va 15,4 million kVt/soat elektr energiya importi amalga oshirilgani ma’lum qilingandi.

2020-yilning fevralida Turkmanistondagi yuqori voltli elektr uzatish tarmog‘ida yuzaga kelgan avariya oqibatida O‘zbekistonga elektr energiyasini yetkazib berish 780 MVt dan 60 MVt ga tushib ketgan edi.

O‘zbekiston so‘nggi uch yil ichida aholining iste’moli va sanoat uchun Markaziy Osiyodagi qo‘shni mamlakatlardan elektr energiya importini qayta tikladi. 2018-yilda Qirg‘iziston va Tojikistondan import qayta yo‘lga qo‘yildi, 2019-yilning iyulida — Qozog‘istondan Markaziy Osiyo energetika tizmi ishlaridagi ishtiroki uchun.

2020-yilda O‘zbekiston 115,7 million dollarlik elektr energiya import qildi, bu 2019-yilga nisbatan 2,1 baravarga ko‘p demak. 2021-yilning dastlabki 8 oyi ichida ushbu ko‘rsatkich 110 million dollarga yetgan. Shu bilan birga, mamlakat 2020-yilda 135 million dollarlik elektr energiya eksport qilgan, 2021-yilning yanvar—avgusti bo‘yicha esa 82,5 million dollarlik eksportni amalga oshirgan.

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-oktabr kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbari Tojikiston prezidentini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘liq, farovonlik va yangi muvaffaqiyatlar, birodar Tojikiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Zamonaviy Tojikistonning davlat qurilishi sohasida va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi yutuqlari, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi izchil ortib borayotgani alohida ta’kidlandi.

2021-yilda Shanxay hamkorlik tashkilotida Tojikiston raisligining samarali natijalari hamda o‘tgan oyda Dushanbe shahrida ushbu ko‘p tomonlama tuzilmaning yubiley sammiti muvaffaqiyatli o‘tkazilgani yuksak baholandi.

Prezidentlar O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Siyosiy iroda va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarildi va aniq mazmun bilan boyidi.

Faol aloqalar va almashinuvlar davom etmoqda, o‘zaro savdo hajmi barqaror ortib bormoqda, mashinasozlik, energetika, elektrotexnika, tog‘-kon, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda muhim kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Hududlar darajasida va ishbilarmonlar o‘rtasida sheriklik kengaymoqda.

Madaniy-gumanitar aloqalar faollashdi. O‘tgan hafta Toshkent kinofestivali doirasida tojik kinosi kunlari bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari, san’at, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida hamkorlik loyihalarini tayyorlash davom etmoqda.

Davlat rahbarlari imzolangan bitimlar va erishilgan kelishuvlarni keng ko‘lamda amalga oshirish muhim ekanini ta’kidlab, qo‘shma hukumatlararo komissiya faoliyati doirasida yaqindan hamkorlik va muvofiqlashuvni davom ettirish vazifasini qo‘ydi.

Suhbat chog‘ida xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, shu jumladan, qo‘shni Afg‘onistonda vujudga kelayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashdi.

Turkmanistonda UzAuto Motors avtomobillari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Toshkentda 2021-yil 4-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan o‘zbek—turkman forumi doirasida “O‘zavtosanoat” AJ va “Turkmenistan-Motors” AJ Turkmaniston hududida avtomobil, qishloq xo‘jaligi va tirkama uskunalarini ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida memorandum imzoladi.

Memorandum doirasida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida sanoat hamkorligini rivojlantirishni maqsad qilgan.

Memorandum imzolash marosimida “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruv raisi Shavkat Umrzoqov va “Turkmeniston-Motors” AJ boshqaruv raisi Furqat Aydashev ishtirok etdi.

Ushbu memorandum doirasida “Turkmeniston-Motors” AJ ishlab chiqarish obyektlarida UzAuto Motors avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma tuzish rejalashtirilgan. Bu yo‘nalishdagi hamkorlik Turkmanistonda avtomobil komponentlari ishlab chiqarishni va eksport bozorlariga sotishni tashkil qilishni ham nazarda tutadi.

Bundan tashqari, “O‘zavtosanoat” tizimiga kiruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan boshqa transport vositalari (pikaplar, yuk mashinalar va avtobuslar), qishloq xo‘jaligi va tirkama uskunalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Bundan avval Ozarbayjonda va Tojikistonda UzAuto Motors avtomobillarini yig‘ish yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi.

O‘zbekistonda 2020-yil eng koְ‘p o‘g‘il bola qaysi tumanda tug‘ilgani ma’lum qilindi

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonning qaysi tumanida 2020-yili eng ko‘p o‘g‘il bola tug‘ilgani haqida ma’lumot berdi.

o‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida jami tug‘ilganlarning 56,2 foizini o‘g‘il bolalar tashkil etgan.

Bu mamlakatning tuman va shaharlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Bundan avval O‘zbekistondagi oilalarning aksariyati nechta bolali ekani, qaysi viloyatdagi oilalar eng serfarzand ekani hamda mamlakatda 2021-yilning dastlabki 6 oyida qaysi hududda eng ko‘p egizak tug‘ilgani haqida ma’lumot berilgandi.



Aloqador xabarlar