Bularni bilasizmi 5-qism

Turkiyada birinchi samolyot zavodi 1926 yilda qurilganligini bilarmidingiz?

1714049
Bularni bilasizmi 5-qism

 

Respublika e'lon qilinishi bilan Turkiya deyarli har sohada katta islohotlarni amalga oshirdi. Aviatsiya sohasi bulardan biri edi. Mustafo Kamol Otaturk Turkiyada ayniqsa aviatsiya sohasining rivojlanishiga katta ahamiyat berdi. 1925 yil 7 sentyabrda Vazirlar Kengashi qaroriga binoan, 3,5 million liralik kapitalga ega kompaniya tuzildi.

Aktsiyalarning 51 foizi Turkiya milliy mudofaa vazirligiga, 49 foizi Germaniyaning Junkers aviatsiya zavodiga tegishli edi. Kayseridagi samolyot zavodi uchun zarur bo'lgan materiallar Germaniyadan keltirildi.

1926 yil 6 oktyabrda tantanali ravishda ochilgan zavod 50 ta turk va 120 ta nemis mutahassis bilan ishlab chiqarishni boshladi. Zavod o’sha davrda dunyodagi eng yirik samolyot zavodlaridan biri bo'ldi.

Tashkil etilganidan ikki yil o'tgach, nemis kompaniyasi o'z aktsiyalarini Turkiya aviatsiya assotsiatsiyasiga o'tkazdi va zavod bir muddat ishlab chiqarishni to'xtatdi.

1930 yilda qayta ochilgan Kayseri aviatsiya zavodida 1942 yilgacha 7 xil modeldagi jami 212 ta samolyot ishlab chiqarildi.

1940-yillarda samolyot zavodida ishlab chiqarish vaqtinchalik to'xtatildi. Ko’p o’tmay, zavod aviatsiya ta'minoti va texnik xizmat ko'rsatish markaziga aylandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Mustafo Kamol Otaturk

Aloqador xabarlar