Yevroosiyo kun tartibi-3

Dasturimizning bugungi sonida Ukraina Davlat rahbari Vladimir Zelenskiyning Amerika Qoʻshma Shtatlariga boʻlgan tashrifi haqida soʻz qilamiz.

1706769
Yevroosiyo kun tartibi-3

Ukraina Davlat rahbari Vladimir Zelenskiy, AQSh Davlat rahbari Jo Baydenning taklifiga binoan 31-avgustdan 3-sentabrgacha AQShga rasmiy tashrif uyushtirdi. Bu tashrif, Zelenskiyning AQShga boʻlgan birinchi rasmiy tashrifidir. Vladimir Zelenskiy 31-avgust kuni Vashingtonda AQSh Energetika vaziri Jennifer Granholm bilan uchrashdi. Unda, “Shimoliy oqim-2” loyihasi asosida Ukraina va mintaqaning energiya xavfsizligi haqida fikr almashildi. Xuddi shu kuni Vladimir Zelenskiy, Amerika Milliy aerokosmik agentligi (NASA) boshligʻi Bill Nelson bilan uchrashuv oʻtkazib, NASAning loyiha va dasturlariga Ukraina kosmik agentliklarining qoʻshilishi masalasini qoʻlga oldi.

Ukraina Davlat rahbari Vladimir Zelenskiy, rasmiy tashrifining ikkinchi kuni Jahon banki raisi David Malpass bilan uchrashdi. Zelenskiy, Ukrainada yoʻlga qoʻyilayotgan islohotlar va Ukrainani oʻzgartirish rejasi haqida ma’lumot berib, Jahon bankini bu rejani amalga oshirish faoliyatlariga qoʻshilishga chaqirdi. Ortidan Zelenskiy amerikalik fikrlash markazlarining vakillari bilan jurnalistlar ishtirok etgan yigʻilishda, jami 277 milliard dollarlik 80 dan ortiq loyihadan tashkil topgan Ukrainani oʻzgartirish rejasi haqida batafsil ma’lumot berdi.  

Bundan tashqari, 1-sentabr kuni Vladimir Zelenskiy Pentagonda AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Austin bilan uchrashdi. Xuddi shu kun AQSh Davlat rahbari Jo Bayden, Oq sarayda Ukraina Davlat rahbari Vladimir Zelenskiy bilan ham oʻzaro ham da hay’atlararo uchrashuvlar oʻtkazdi. Bu uchrashuvlar oldidan ikki mamlakat liderlari Oval ofisda jurnalistlar oldiga chiqib, qisqacha nutq soʻzladilar. Bayden undagi nutqida, “AQSh, rus hujumlari oldida Ukrainaning mustaqilligi va hududiy yaxlitligiga sodiq qolishni davom ettirmoqda”,-dedi va Ukrainaning “Yevropa-Atlantik amalini” qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatmasligini ta’kidladi. Zelenskiy, uchrashuv ortidan Twitter hisobidan Jo Bayden bilan xavfsizlik masalalarini muhokama qilganliklarini qayd etdi.

Ukraina Davlat rahbari Zelenskiy, 2-sentabr Vashingtonda AQSh Kongressidagi Ukraina bilan ishlash guruhi a’zolari ila uchrashdi. Keyin esa Kaliforniyaga joʻnab ketdi. Zelenskiy 3-sentabr kuni rasmiy tashriflar doirasida Silikon vodiysidagi nufuzli investorlar va venchur sarmoya jamgʻarmasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazib, ularni Ukraina bilan hamkorlikka chaqirdi.

Ukraina Davlat rahbari Vladimir Zelenskiyning AQShga boʻlgan tashrifi samarali oʻtdi. Tashrif chogʻida ikkala mamlakat oʻtasida xavfsizlik, mudofaa, iqtisodiyot, energetika, sogʻlikni saqlash sohasida hamkorlik qilish boʻyicha muhim anglashuv memorandumi va shartomalar imzolandi.

AQSh va Ukrainaning Strategik sheriklik borasidagi mushtarak bayonotga koʻra AQSh hukumati bu yil demokratiya, inson huquqlari, mahalliy yetakchilik kuchini orttirishni qoʻllab-quvvatlagan siyosiy koʻz qarash, xususiy tarmoq va sud islohotiga yoʻnaltirilgan dasturlar uchun Ukrainaga 463 million dollardan ortiq yordam berishni rejalashtirmoqda. AQSh, Covid-19 pandemiyasining yoyilishiga qarshi kurash, vaksinalarning tashilishi va saqlanishi uchun Ukrainaga qoʻshimcha 12.8 million dollar ajratadi. Shuningdek, Donbasdagi urush oqibatida ziyon koʻrgan va gumanitar yordamga muhtoj insonlar uchun bu yil AQSh 45 million dollarlik yordam beradi.

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Vladimir Zelenskiy , #AQSh , #Jo Bayden

Aloqador xabarlar