Bularni bilasizmi 2-qism

Turkiya o'rik qoqi va o’rik mevasini ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda turishini bilarmidingiz?

1705691
Bularni bilasizmi 2-qism

 

Dunyoning bir qator mamlakatlarida ayniqsa, O’rta Yer dengiziga qo’shni davlatlarda turli o'rik mahsulotlari keng ishlab chiqariladi.

Turkiya o’rik mevasi va quritilgan o'rik qoqi ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda turadi. Turkiyada ishlab chiqarilgan o'rik mevasining taxminan 55 foizi Malatya viloyatida amalga oshiriladi. O’rik qoqi mahsulotining 85 foizi ham xuddi shu viloyatda ishlab chiqariladi.

Malatya so’zi Xettlar davrida "meva bog’i'" degan ma'noni anglatuvchi "Melita" so'zidan olingan. Turkiyada 17 million o'rik daraxti mavjud bo’lib, undan 8 millionga yaqini Malatya viloyatida o’rin olgan. Ayni vaqtda ushbu viloyat "dunyoning o'rik poytaxti" deb ham ataladi.

Foydali va to’yimli meva bo’lgan o'rik tarkibida A, B, C, E vitaminlari mavjud bo’lib, qo'shimcha ravishda  temir, kaltsiy, fosfor, magniy moddalariga ham juda boy.

Xo’l meva va quritilgan holda iste'mol qilinadigan o'rik mevasi hazm qilishni qulaylashtiradi, to'yinganlik hissi bilan vaznni nazorat qilib turishga yordam beradi. Bundan tashqari, antioksidant xususiyatlari bilan organizmni sog'lom qiladi va turli kasalliklardan himoyalaydi.


Tanlangan kalimalar: #Malatya , #Turkiya

Aloqador xabarlar