Yevroosiyo kun tartibi - 2

Dasturimizning bugungi sonida mustaqillgining 30-yilligini nishonlagan Qirgʻiziston va Oʻzbekistonning bugungi kuni haqida soʻz qilamiz.

1705190
Yevroosiyo kun tartibi - 2

30 yil muqaddam Sovet Sotsialistik Respublikalari ittifoqining tarqashi bilan Markaziy Osiyodagi Turk Respublikalari oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritdilar. Qirgʻiziston va Oʻzbekiston 1991-yilning 31-avgusti kuni mustaqil davlat boʻlganini e’lon qildi. Xuddi shu kuni Oʻzbekiston Oliy Kengashi 1-sentabrni Mustaqillik kuni sifatida nishonlash haqida qaror qabul qildi. Qirgʻiziston esa 31-avgust kuni mustaqillik kunini nishonlanmoqda.

Har ikki mamlakatda ham mustaqillikning 30-yilligi 2021-yilning 31-avgusti kuni turli tadbirlar bilan qizgʻin nishonlandi. Oʻzbekistonda poytaxt Toshkent yaqinidagi Yangi Oʻzbekiston bogʻida ajoyib marosim uyushtirildi. Unda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va koʻplab mehmonlar tashrif buyurishdi. Qirgʻizistonda poytaxt Bishkekdagi Ala-Too maydonida 2000 askar ishtirokida harbiy parad boʻlib oʻtdi. Ushbu marosimdagi nutqida Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov shunday dedi: “Bu muhim tarixiy kunga nazar tashlaganimizda eng avvalo mustaqillikni tanlagan Qirgʻiziston, mustaqil davrida nimalarga erishdi degan savol tugʻiladi”. - dedi va Qirgʻizistonning demokratik yoʻlda shaxdam qadam tashlaganini ta’kidladi. Shuningdek Japarov, mamlakat xalqining, qirgʻizlarning, “erkinlikni yaxshi koʻrgan xalq” koʻrinishini saqlab qolganini qayd etdi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Yangi Oʻzbekiston bogʻida boʻlib oʻtgan tantanali marosimdagi nutqida, mustaqillik yillarida yangi davlat va jamiyat qurish yoʻlida katta va muhim ishlar amalga oshirilganini ifoda etgan holda, Oʻzbekistonning dunyoda hurmatga sazovor, oʻz oʻrnini topgan davlatga aylanganini ta’kidladi.

Oʻtgan 30 yil ichida Qirgʻiziston va Oʻzbekiston oʻz mustaqilliklarini mustahkamlash uchun muhim qadamlar tashladilar. Ikkala davlat ham xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarga, ayniqsa BMTga a’zo va dunyoning koʻplab davlati bilan diplomatik aloqalarga ega. Qirgʻiziston va Oʻzbekiston a’zo boʻlgan Turk respublikalarining xalqaro tashkilotlari ham bu davrda xalqaro maydondagi oʻz samaradorligini oshirdi. Xususan, Turk kengashi oxirgi yillarda muvaffaqiyatli ishlarni amalga oshirdi. Qirgʻiziston va Oʻzbekistonning xalqaro platformadagi takliflari qabul qilinmoqda.

Mintaqaviy integratsiya doirasida ham ba’zi aniq qadamlar tashlanmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining norasmiy yigʻilishlarda qabul qilingan qarorlar; Oʻzbekistonning Qozogʻiston bilan birga boshlatgan va chegarada umumiy savdo markazi, umumiy viza kabi tartiblar buning yaqqol dalilidir. Mintaqaviy integratsiya kuchayishi bilan Qirgʻiziston va Oʻzbekiston mustaqilligi mustahkam tus oladi va buyuk davlatlarning bosimiga qarshi yuqorida nomi tilga olingan davlatlarning qarshilik koʻrsatish kuchi ortadi.

Qirgʻiziston lotin alifbosiga oʻtishga ikkilanar ekan Oʻzbekiston butunlay lotin alifbosiga oʻtishga qaror qildi. Lekin ertami-kechmi Qirgʻiziston ham lotin alifbosiga oʻtadi va boshqa Turk respublikalar bilan til sohasida yaqinlashish siyosatiga qoʻshiladi.

Bunday muvaffaqiyatlar bilan bir qatorda Qirgʻiziston va Oʻzbekiston oldida hal qilinishi kerak boʻlgan ba’zi muammolarga ham duch kelinmoqda. Afgʻonistondan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavfsizlik tahdidi, ularning eng muhimlaridan biridir. Mintaqa xavfsizligi uchun Markaziy Osiyo respublikalarining bu sohada kuchlarini birlashtirishi zarur.

Ikkala mamlakatning ham pandemiya tufayli ziyon koʻrgan iqtisodiyoti ham jadal ravishda qayta tiklanmoqda. Bundan tashqari, Fargʻona vodiysida mintaqa barqarorligi oldidagi eng muhim toʻsiqlikni tashkil etgan chegara muammolari mavjud. Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Tojikiston bu masalani tezlik bilan hal qilishi darkor.

 

 



Aloqador xabarlar