Bularni bilasizmi 88-qism

Turkiya birinchi marta 1908 yilda Xalqaro Olimpiya o'yinlarida qatnashganini bilarmidingiz?

1699416
Bularni bilasizmi 88-qism

 

1896 yilda boshlangan zamonaviy Olimpiya o'yinlarining 10 yilligi munosabati bilan Afinada o'tkazilgan 1906 yilgi Olimpiadalarga sportchilarni yuborgan Usmoniy Imperiyasining birinchi rasmiy ishtiroki ikki yildan keyin bo'ldi.

1908 yilda bugungi Turkiya Milliy olimpiya qo'mitasining asosini tashkil etuvchi Usmoniy Milliy Olimpiya Qo'mitasi tashkil etildi va Turkiya Olimpiadada rasman vakillik qilish huquqini qo'lga kiritdi.

1908 yilda Olimpiadada qatnashgan gimnastikachi Aleko Mulos olimpiadalarda Turkiya sharafini himoya qilgan birinchi sportchi bo'ldi.

Turkiyaning Olimpiada tarixidagi birinchi oltin medalini 1936 yil Berlinda kurashchi Yashar Erkan qo'lga kiritdi.

Olimpiadada ishtirok etayotgan turk sportchilari 1936 yildan beri muntazam qatnashib kelayotgan deyarli barcha yozgi Olimpiadalarda muvaffaqiyatli o’rinlarni qo’lga kiritmoqda.

Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida esa, Turkiya 13 ta medalga sazovor bo’lib, olimpiadada eng ko'p medal qo’lga kiritgan davlatlardan biri bo’ldi.

 


Tanlangan kalimalar: #Tokio–2020 , #Turkiya

Aloqador xabarlar