Yevroosiyo kun tartibi - 87

Dasturimizning bugungi sonida Armanistonning qoʻshni davlatlar bilan boʻlgan munosabati haqida soʻz qilamiz.

1697491
Yevroosiyo kun tartibi - 87

2021-yilning 18-avgusti kuni Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan oʻz hukumatining 5 yillik rejasini e’lon qilar ekan, tashqi siyosatda qoʻshnilari bilan yaqin hamkorlik rivojlantirishlarini ma’lum qildi. Ortidan telekanallardan birida gapirgan Bosh vazir Pashinyan, hech qanday shartsiz Turkiya Respublikasi bilan munosabatlarni normallashtirishga tayyorligini bildirdi. Nikol Pashinyanga koʻra, Armaniston bilan Turkiya oʻrtasida diplomatik aloqalarning yoʻqligi va chegaralarning yopiq ekani, mintaqadagi barqarorlik va tinchlikka salbiy ta’sir koʻrsatmoqda.

Bosh vazir Pashinyanning bunday bayonot berishi, birdaniga sodir boʻlgan voqea emas. Hammaga ma’lum boʻlganidek Nikol Pashinyan Gʻarb bilan yaqinlashishga va’da berish orqali kelgandi hokimiyatga. Gʻarb bilan yaqinlashish uchun esa eng avvalo, Gruziya va Turkiya bilan munosabatlarni yaxshilashi zarur. Pashinyan yetakchilik qilgan “Fuqaro shartnomasi” partiyasi, qoʻshnilari bilan yaxshi munosabat oʻrnatish niyatini avvaldan ifoda etgandi. Umumiy saylov jarayonida Nikol Pashinyan guruhi Turkiya bilan boʻlgan munosabatlarni qayta koʻrib chiqishlarini ochiq-oydin aytgan.

2021-yilning 20 -iyunida boʻlib oʻtgan umumiy saylovlarda gʻalabaga erishgan hukmronlikdagi “Fuqarolik shartnomasi” partiyasining hukumatni tuzish uchun koalitsiyaga muhtoj emasligi, Nikol Pashinyanning qoʻshni davlatlar bilan munosabatlarni normallashtirish rejasiga imkon yaratdi. Garchi, arman xalqi Qorabogʻda magʻlubiyatga uchrashiga qaramay Pashinyanni hokimiyatga olib kelish orqali uning, “Qoʻshnilar bilan munosabatlarni yaxshilaymiz”.- degan va’dasini qanchalik qoʻllab -quvvatlaganliklarini yaqqol koʻrsatdi desak mubolagʻa boʻlmaydi.

2021-yilning 2-avgusti kuni Nikol Pashinyan takror Bosh vazir etib saylandi. Keyingi kunlarda yangi vazirlar kengashiga aniqlik kiritilar ekan Tashqi Ishlar vaziri lavozimiga esa oxiri, belgilangan kishi tayin qilindi. Bosh vazir Nikol Pashinyanga yaqinligi bilan tanilgan Ararat Mirzoyanning Tashqi ishlar vaziri etib tayin qilinishi ortidan ba’zi muhitlar, “U diplomat emas”. – deb tanqid qildi.  Bosh vazir Pashinyan balki tashqi siyosatda bugungacha boʻlgan qoidalarni buzgan qadamlarni tashlash maqsadida yoʻldoshi Mirzoyanni mana shu vazifaga olib kelgandir. Tashqi Ishlar vaziri Ararat Mirzoyan Turkiyani yaxshi bilgan va gʻarbsevar kimsa sifatida tanilgan.

Roppa-rosa 44 kun davom etgan Qorabogʻ urushidan soʻng Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston tomonidan tuzilgan uch tomonli komissiya bir necha oylik mojarolardan keyin takror oʻz faoliyatini boshladi. Bu vaziyat Pashinyan hukumatining qoʻshnilari, xususan Turkiya bilan munosabatlarni yaxshilashga ijobiy tusda yaqinlashayotganidan dalolat beradi. Yuqorida nomi tilga olingan uch tomonli komissiya koʻplab masalani muhokama qilmoqda ammo Zangezur yoʻlak loyihasi muhokama qilinishi kerak boʻlgan ana shu masalalarning eng muhimlaridan biridir.

Armaniston siyosatida hokimiyatini qoʻldan boʻy bergan Qorabogʻ klani bu jarayonga toʻsiqlik qilish uchun qoʻlidan kelganini qiladi. Faqat Armaniston ichki siyosatida aqlning gʻolib boʻlishiga ishonchimiz komil.

Turkiya va Ozarbayjon tomonidan taklif qilingan mintaqaviy Oltili platforma barcha tomon manfaati uchundir. Armanistonning rivojlanishi, qoʻshnilari bilan munosabatlarini yaxshilashga bogʻliq. Turkiyaning Rossiya Federatsiyasi bilan hozirgi aloqalari Janubiy Kavkazda hamkorlikni rivojlantirish uchun zamin yaratadi. Bunday sabablar Pashinyan hukumatini tashqi siyosatda jiddiy qadamlar tashlashga undagan boʻlishi mumkin.


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Nikol Pashinyan

Aloqador xabarlar