Afgʻonistondagi vaziyatning Markaziy Osiyo davlatlariga boʻlgan ta’siri

Yevroosiyo kun tartibi - 86

1693827
Afgʻonistondagi vaziyatning Markaziy Osiyo davlatlariga boʻlgan ta’siri

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Afgʻonistondan askarlarini olib ketishi haqidagi bayonotlari ortidan Tolibon bir necha oyda deyarli mamlakatni butunlay bosib oldi. 2021-yilning 15-avgusti kuni Tolibon poytaxt Kobulni qoʻlga kiritdi.

Tolibonning jadal ravishda ilgarilashi yuzasidan dunyoning bir necha davlati Afgʻonistondagi elchixona va konsulxonalarini bekitdi. Markaziy Osiyo Respublikalari ham Afgʻonistondagi vakolatxonalarini yopdi. Masalan, Tojikiston Mazori Sharif, Badahshon va Fayzoboddagi Bosh konsulxonalarini bekitganini ma’lum qildi. Rossiya Federatsiyasi Mazori Sharifdagi Bosh konsulxonasini vaqtinchalik Oʻzbekistonga koʻchirdi. Tolibon avvalgi, qopol qurollarini ishga tushirgidek boʻlsa unda chet mamlakatlarning diplomatik vakolatxonalarini bekitishi bundan keyingi jarayonda yana-da tezlashishi mumkin.

Afgʻonistondan qochib Tojikiston va Oʻzbekistonda jon saqlagan muhojirlar bugungacha oʻz yurtlariga qaytarilgandi. Mazori Sharifning Tolibon nazorati ostiga oʻtishi ortidan Markaziy Osiyo Respublikalariga boʻlgan muhojirlar oqimi ortdi. Tolibon marshal Abdurashid Doʻstumning uyini bosib oldi. Doʻstumning esa tarafdorlari bilan shimol tomon ketgani iddio etilmoqda. Nima boʻlishidan qat’iy nazar Tojikiston Afgʻonistondan 100 ming nafar muhojir qabul qilishga tayyor ekanini bildirishiga qaramay, mintaqa davlatlari afgʻonistonlik muhojirlarni uzoq muddat mehmon qilishga tayyor emas.

Mintaqadagi davlatlar ham ayniqsa Turkmaniston, ham Kobul yetakchiligi ham da Tolibon vakillari bilan aloqada. Markaziy Osiyolik rasmiylar chegarani nazorat ostiga olgan Tolibonning oʻzlariga qarshi hujum qilmaslikka va’da berganini aytishmoqda.

Afgʻonistonning shimoli tarix davomida Janubiy Turkiston deb atalgan va Buyuk Turkistonning bir qismini tashkil etgan. Turkistonning Janubiy Osiyo bilan boʻlgan aloqasi Afgʻoniston orqali yoʻlga qoʻyiladi. Shuning uchun Markaziy Osiyo respublikalarini rivojlantirishda Afgʻonistonda barqarorlikni oʻrnatish alohida oʻringa ega. TAPI (Turkmaniston-Afgʻoniston-Pokiston-Hindiston tabiiy gaz quvir liniyasi); CASA-1000 (Markaziy Osiyodan Janubiy Osiyoga elektr energiyasini yetkazib berishni koʻzda tutgan loyiha); Termiz-Mazori Sharif-Kobul-Pashovar temir yoʻli kabi yirik xalqaro loyihalarning tamomlanishi ham Afgʻonistondagi barqarorlikka bogʻliqdir.

Afgʻonistonda kelib chiqishi mumkin boʻlgan ichki urush ehtimoli Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizligiga toʻgʻridan-toʻgʻri ta’sir qiladi. Oxirgi oʻttiz yilda sodir boʻlgan Tojikistondagi ichki urushda va Qirgʻizistonning Batken viloyatiga qarshi terroristlarning hujum uyushtirishi voqeasida tahlika Afgʻonistondan kelgandi. Bugungi kunda bir xil senariylarning takrorlanishi, beqarorlikning Markaziy Osiyo respublikalariga oʻtish ehtimolini yaqqol koʻrsatmoqda. Markaziy Osiyolik  terroristlarning koʻpchiligining Afgʻonistonda ekani hech kimga sir emas. Suriya va Iroq kabi mamlakatlarda jang qilgan markaziy osiyolik terroristlar ham Afgʻonistonga koʻchib oʻtdi. Markaziy Osiyo respublikalaridagi terroristlar yoki ekstremistlikka moyil kishilarning, uxlagan hujayradek imkon kutganliklarini ham aytish mumkin. Shu bois Markaziy Osiyo respublikalarining judayam ehtiyot boʻlishi, igʻvogarchilikka yoʻl qoʻymasligi va xavfsizlik uchun chora-tadbirini koʻrishi lozim.  

Markaziy Osiyo respublikalari va Afgʻonistonni qiziqtirgan yana bir masala - bu xalqaro narkotrafikdir. Nomi tilga olingan trafikka ega boʻlish istagi, turli guruhlar orasida nizolarga olib kelishi mumkin.

Turkiston Respublikalari ta’lim, iqtisodiyot va madaniyat sohalarida Afgʻoniston bilan yaxshi aloqalarga ega. Afgʻonistonda barqarorlikni ta’minlash uchun Markaziy Osiyo respublikalari bu sohalardagi sa’y -harakatlarini kuchaytirishi zarur.

 

 



Aloqador xabarlar