Yevroosiyo kun tartibi-85

Dasturimizning bugungi sonida Turkmanistonda boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi haqida soʻz qilamiz.

1690021
Yevroosiyo kun tartibi-85

2021-yilning 5-6 avgusti kunlari Turkmanistonning Avaza sayyohlik mintaqasida Markaziy Osiyo respublikalari rahbarlarining uchinchi maslahatlashuv uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston prezidentlari va BMTning Markaziy Osiyo masalalari boʻyicha maxsus vakili ishtirok etdi. Uchrashuvda Markaziy Osiyo respublikalarining ekologiya, iqtisodiyot va transport sohalaridagi muammolari muhokama qilindi va Afgʻonistondagi vaziyat batafsil olaroq qoʻlga olindi.

Uchrashuvda nutq soʻzlagan Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentda mintaqaviy parlamentlar forumini oʻtkazishni taklif qildi. Qozogʻiston Prezidenti Qasim Joʻmart Toqayev esa Trans Kaspiy yoʻlagining samaradorligini oshirishning ahamiyatiga toʻxtaldi. Uchrashuv yakunida liderlar Qoʻshma bayonotni imzoladilar.

Liderlar keyin yarmarka maydoniga borib, mintaqa mamlakatlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar namoyish etilgan standlarni aylanib chiqdi. Koʻrgazmada besh mamlakatdan 250 kompaniya ishtirok etdi. Uchrashuv doirasida Markaziy Osiyoga xos milliy taomlar koʻrgazmasi ham uyushtirildi.

Avaza shahrida Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi ham oʻtkazildi. Forumda yuqorida nomi tilga olingan davlatlarning tegishli vazirlari, muassasa rahbarlari va ishbilarmonlar ishtirok etishdi. Forumda tematik sessiyalar boʻlib oʻtdi. Forum yakunida 85 shartnomaning imzolangani ma’lum qilindi.

6-avgust kuni Avazada, Markaziy Osiyo ayol liderlarining muloqot uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda, parlamentdagi yuqori lavozimlarda xizmat qilgan ayol liderlar, BMT vakillari nutq soʻzladilar.

Tashrif doirasida prezident va vazirlar ishtirokida koʻplab ikki tomonli uchrashuvlar yoʻlga qoʻyildi. Bu yerda shuni ham ta’kidlash kerakki; Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon 2021-yilning 3-avgusti kuni Turkmanistonga rasmiy tashrif uyushtirib unda,  ikki mamlakat prezidentlari oʻzaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qilgandi. Uchrashuv yakunida 19 shartnomaga qoʻl qoʻyilgani aytilgan. Emomali Rahmonning 5-avgust kuni boʻlib oʻtgan Eron Prezidenti Raisining inauguratsiya marosimida qatnashmaganini ham qayd etmoq lozim.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchinchi maslahatlashuv uchrashuvi mintaqaviy muammolarni hal qilish nuqtai nazaridan alohida oʻringa ega. Mintaqa manfaatlari uchun buyuk davlatlarga nisbatan umumiy siyosiy munosabat rivojlantirmay turib, xalqaro terrorizm va giyohvandlikka qarshi kurashda hamkorliksiz, Markaziy Osiyo davlatlarining kuchli boʻlishi imkonsiz.

Shu jihatdan qaraganda, yigʻilishda qarorga bogʻlangan Markaziy Osiyo sanoatchilari va tadbirkorlar kengashining tuzilishi muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, mintaqa davlatlari chegarada umumiy savdo zonalarini tashkil etish boʻyicha ham kelishib oldilar.

Liderlarning vaksina sertifikatlarini oʻzaro tan olish, umumiy viza orqali sayohat qilish imkoni tugʻilgan turistik hududlarini yaratish tashabbuslari ham tahsinga sazovordir.

Markaziy Osiyo davlatlari ham Sharq-Gʻarb ham da Janubi-Shimol yoʻnalishida tranzit zona imkoniyatlaridan toʻliq foydalana olmayapdi. Yigʻilishda muhokama qilingan Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston temir yoʻli va Mazori Sharif-Kobul-Peshovar yoʻlagining qurilishi, nomi tilga olingan sohada mintaqa davlatlarining bu boradagi salohiyatini oshiradi. Bundan tashqari, Kaspiy portlaridan yanada samarali foydalanish, mintaqaning transport tizimini rivojlantirishga ijobiy hissa qoʻshadi.

Yigʻilishda eng avvalo Afgʻoniston kelajagi kun tartibiga olib chiqildi. Markaziy Osiyo davlatlari liderlari bir yoqadan bosh, bir yengdan qoʻl chiqarmay turib Afgʻonistondan kelish ehtimoli bor tahlikani bartaraf qilolmasliklarini, mintaqa barqarorligi uchun bu borada hamjihatlik koʻrsatilishi shartlgini taʻkidladilar. Xulosa qilib aytganda, uchrashuv samarali oʻtdi.

 



Aloqador xabarlar