Bularni bilasizmi 84-qism

Turkiyaning Istanbul shahrida “Ayollar asarlari kutubxonasi” mavjudligini bilarmidingiz?

1683722
Bularni bilasizmi 84-qism

 

Ayollar asarlari kutubxonasi va uning qoshida tashkil topgan axborot markazi jamg'armasi 1990 yilda ochilgan, ushbu markaz Turkiyadagi ayollarga asoslangan birinchi va yagona arxiv va kutubxona hisoblanadi.

1990 yilda ochilgan markaz "ayollarning o'tmishini yaxshi bilish, ushbu ma'lumotlarni tadqiqotchilarga taqdim etish va bugungi yozma hujjatlarni kelajak avlodlar uchun saqlash" maqsadida xizmat beradi.

Kutubxona arxividagi kolleksiyalar Turkiyada Usmoniy davridan to kunimizgacha ayollarga tegishli yoki ular bilan bog'liq asarlar va hujjatlar to’plamini o'z ichiga oladi.

Markazda kutubxona va arxiv ishlaridan tashqari konferensiyalar, panellar, turli mahorat darslari va xalqaro simpoziumlar kabi ko'plab tadbirlar tashkil etiladi.

Natijada, ayollar tomonidan tayyorlangan turli xil ma'lumotlar tadbirlar vositasida targ'ib qilinadi.

Istanbulning Balat dahasida joylashgan kutubxona kunimizda mahalliy va xorijlik sayyohlarning e'tiborini o’ziga jalb qilib kelmoqda.



Aloqador xabarlar