Yevroosiyo kun tartibi - 83

Dasturimizning bugungi sonida Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasi haqida so‘z qilamiz

1681751
Yevroosiyo kun tartibi - 83

2021-yilning 15-16 iyuli kunlari Toshkentda  “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani, Pokiston Bosh vaziri Imron Xon, Yevropa ittifoqining Tashqi Ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Xosep Borrel Fontelles, dunyoning 20 dan ortiq davlatining tashqi ishlar vazirlari, byurokratlar, mutaxassislar va matbuot vakillari qatnashdi. Mintaqada faol bo‘lgan AQSh, Xitoy va Rossiya kabi davlat vakillari ishtirok etishdi.

Konferensiyada Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi munosabatlar, Afg‘oniston kelajagi muhokama qilindi. Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi aloqalarning rivojlantirilishi bo‘yicha transport, savdo, energetika va xavfsizlik munosabatlarini eng avvalo yuqori darajaga ko‘tarish zarurligi ta’kidlandi. Tomonlar o‘rtasida mintaqalararo aloqalarni kuchaytirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Konferentsiyaning yakuniy deklaratsiyasida Afg‘oniston, Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida “mintaqaviy ko‘prik” sifatida tan olindi.

Konferentsiya doirasida ko‘plab ikki va ko‘p tomonli uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. 2021-yilning 15-iyulida Toshkentda Turkmanistonning iltimosiga binoan Markaziy Osiyo davlatlarining Tashqi Ishlar vazirlarining uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda, mintaqa davlatlari rahbarlarining norasmiy sammiti avgust oyining boshida, Turkmanistonda o‘tkazilishi qayd etildi.

Huddi shu kuni Toshkentda AQSh Davlat rahbarining Bosh maslahatchisi Elizabet Shervud-Randall va Markaziy Osiyo davlatlarining Tashqi Ishlar vazirlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 5 + 1 formatidagi uchrashuvning asosiy mavzusi Afg‘onistondagi vaziyat va uning Markaziy Osiyoga bo‘lgan ta’siri edi.

Konferentsiya doirasida yig‘ilgan O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston Tashqi Ishlar vazirlari bilan AQSh Davlat rahbari Bosh maslahatchisi, Afg‘oniston muammosining hal qilinishi uchun to‘rt tomonlama yangi platforma tuzganliklarini ma’lum qilishdi.

Konferentsiya munosabati bilan O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Pokiston Bosh vaziri Imron Xon, Toshkentda marosim bilan kutib olindi. Shavkat Mirziyoyev va Imron Xon uchrashuvidan so‘ng, tomonlar o‘rtasida 8 ta shartnoma imzolandi. Toshkentda uyushtirilgan O‘zbekiston-Pokiston biznes-forumida 500 million dollarlik shartnoma imzolangani bildirildi. Tashrif davomida Afg‘oniston muammosini hal qilish bo‘yicha ko‘p tomonli yig‘ilishning Pokistonda ham o‘tkazilishi ifoda etildi.

Ushbu konferentsiyada ishtirok etish uchun O‘bekistonga borgan Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li dastlab Qo‘qon shahriga bordi. Qo‘qonda bir necha uchrashuvlar amalga oshirgach Toshkentga qarab yo‘l olgan Chavusho‘g‘lu, Prezident Mirziyoyev tomonidan qabul qilindi. Chavusho‘g‘lu konferentsiya paytlarida hamkasblari bilan ikki tomonli uchrashuvlar yo‘lga qo‘ydi.

Afg‘onistondagi vaziyat, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlarini yanada yaqin hamkorlik qilishga undamoqda. Mirziyoyev tashabbusi bilan uyushtirilgan ushbu konferentsiya, shunga o‘xshash konferensiyalarning bundan buyon ham tez-tez o‘tkazilishi kerakligining qanchalik ahamiyatli ekanini yaqqol ko‘rsatdi. Anjumanda Afg‘onistonning Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi “mintaqaviy ko‘prik” sifatida tan olinishi alohida o‘ringa ega. Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikning o‘rnashi barcha sohada mintaqaviy hamkorlikning orttirilishi va bu jarayonga Afg‘onistonning ham faol jalb qilinishi orqaligina mumkin.



Aloqador xabarlar