Yevroosiyo kun tartibi - 82

Dasturimizning bugungi sonida Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarovning Markaziy Osiyo Respublikalariga uyushtirgan rasmiy tashrifi haqida so‘z qilamiz.

1678377
Yevroosiyo kun tartibi - 82

Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov Prezident sifatida birinchi chet el tashriflarini davom ettirmoqda. Japarov shu doirada 2021-yil 27-29 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Turkmaniston va Tojikistonga amaliy tashrif uyushtirdi va 2-iyul kuni Tashqi Ishlar vaziri Ruslan Qazaqbayevni Ozarbayjonga yubordi. Shunday ekan keling, dasturimizning bugungi sonida ushbu tashriflarni batafsil qoʻlga olaylik.

Prezident Sadir Japarov 2021-yilning 27-28 iyuni kunlari rasmiy tashrif bilan Turkmanistonda boʻldi. Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Ashxabodda Japarovni rasmiy marosim bilan kutib oldi. Turkmaniston va Qirgʻiziston rahbarlari oʻzaro uchrashuv oʻtkazdi. Shundan soʻng hay’atlararo yigʻilish boʻlib oʻtdi. Tomonlar 100 million dollarlik qoʻshma taraqqiyot fondini yaratish, turkman tabiiygaz va elektr energiyasini bahor va kuz mavsumlarida Qirgʻizistonga yetkazib berish shuningdek, Bishkekda Turkman savdo uyi va Issiq-koʻlda Turkmaniston mehmonxonasining qurilishi borasida kelishib oldi. Turkmaniston va Qirgʻiziston oʻrtasida jami 14 shartnomaga qoʻl qoʻyildi. Tashrif doirasida Turkmaniston-Qirgʻiziston biznes forumi oʻtkazildi.

Prezident Sadir Japarov 2021-yilning 28-iyunida Turkmanistondan Tojikistonga oʻtdi. Dushanbe shahrida Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon Japarovni rasmiy marosim bilan kutib oldi. Davlat rahbarlari kutib olish marosimi ortidan oʻzaro uchrashuv oʻtkazdi va ushbu uchrashuv roppa-rosa 6 soat davom etdi. Shundan soʻng hay’atlararo uchrashuv amalga oshirildi. Yakunida esa 4 shartnoma imzolandi.

2021-yilning 2-iyulida Qirgʻiziston Tashqi Ishlar vaziri Ruslan Qazaqbayev Ozarbayjonga tashrif uyushtirdi. Qazaqbayev poytaxt Bokuda Ozarbayjon Majlis raisi, Bosh vaziri, Tashqi Ishlar vaziri va boshqa rasmiylar bilan uchrashuvlar oʻtkazdi. Ozarbayjon va Qirgʻiziston Tashqi Ishlar vazirlari uchrashuvi chogʻida ikki tomonlama va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida ikki mamlakat Tashqi Ishlar vazirliklarining 2021-2022 yillarni oʻz ichiga olgan  hamkorlik dasturi imzolandi. Qazaqbayev Bokuga Prezident Japarov maktubini Prezident Ilhom Aliyevga yetkazish maqsadida kelgani va maktubda ikki tomonlama munosabatlarni strategik saviyaga koʻtarish va Markaziy Osiyo + Janubiy Kavkaz (5 + 3) hamkorlik platformasini tashkil etish boʻyicha takliflar oʻrin olganini ma’lum qildi.

Prezident Japarovning tashqi siyosatda mintaqadagi bir xil taqdirga ega birodar va qoʻshni mamlakatlarga alohida e’tibor berishi oʻrinli. Birodar mamlakatlar bilan birlik-birdamlik oʻrnatilmay integratsiyasiz rivojlanish, buyuk davlatlarning bosimiga qarshi turish murakkab albatta. Markaziy Osiyo Respublikalari liderlarining norasmiy sammitining bu yil Turkmaniston yoki Qirgʻizistonda oʻtkazilishi kutilmoqda. Japarov bilan Berdimuhamedovning Ashxabodda bu masala ustidan qaror qabul qilgan boʻlishi tahmin qilinmoqda.

Afgʻoniston tomonidan kelishi kutilgan xavfsizlik tahdidining bartaraf etilishi va Afgʻonistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash ham mintaqa davlatlari kuchlarini birlashtirishi bilangina amalga oshishi mumkin. Japarovning chegarada toʻqnashuv boʻlishiga qaramay Dushanbega tashrif uyushtirishini, Afgʻoniston bilan bogʻliq xavfsizlik masalalarini mintaqa davlatlarining birgalikda hal qilishga urinishlari bilan izohlash mumkin.

Sadir Japarov taklif qilgan Markaziy Osiyo + Janubiy Kavkaz (5 + 3) hamkorlik platformasini amalga oshirish vaqti keldi. Chunki koʻp yillardan buyon bahsli mavzularga aylanib kelgan Kaspiyning maqomi hal qilindi. Kavkaz va Markaziy Osiyo liderlari oʻzaro muzokaralar olib bormoqda. Bundan buyon Tyan-Shandan Agʻri togʻlarigacha boʻlgan davlatlar oʻz kuchini birlashtirishi zarur. Agar Markaziy Osiyo + Janubiy Kavkaz (5 + 3) hamkorlik platformasi yoʻlga qoʻyilgudek boʻlsa unda u muhim faoliyatlar amalga oshirishi mumkin.


Tanlangan kalimalar: #Sadir Japarov , #Turkmaniston , #Tojikiston

Aloqador xabarlar