Bularni bilasizmi 82-qism
Turkiyaning Diyarbakir viloyatidagi mashhur Hevsel bog’larida taxminan 8 ming yil avval qishloq-xo’jaligi faoliyatlari olib borilganligini bilarmidingiz?

Hevsel bog’lari Diyarbakirning janubi-sharqida joylashgan bo’lib, tarixiy qal’alar bilan Dijle daryosi o’rtasidagi serhosil hududlarda o’rin olgan. Daryo suvi bilan to’yingan unumdor tuproqlar taxminan 700 gektarlik maydonni o’z ichiga oladi.
Tarixiy qal’alarning yonginasida joylashgan Hevsel bog’larida turli xil meva daraxtlari, sabzavot ekiladigan dalalar mavjud bo’lib, ular yil davomida shaharning sabzavot va mevaga bo’lgan ehtiyojini ta’minlab turadi. Ayni vaqtda Hevsel bog’lari janubi-sharqiy Anadolu mintaqasining noyob qush turlariga makon bo’lgan go’yo qush jannati hamdir. U yerda 180dan ortiq noyon qush turlarini uchratish mumkin. Bundan tashqari, tulki, olmaxon, tipratikan va boshqa ko’plab sut emizuvchilar turkumiga kiruvchi jonzodlar yashaydi.
Hevsel bog’lari 2015 yilda Diyarbakir qal’alari bilan birga Jahon merosi ro’yxatiga kiritilgan.