Turkiya-O‘zbekiston aloqalari bugungi kunda eng samarali davrni boshdan kechirmoqda

Dasturimizning bugungi sonida vitse - prezident Fuat Oʻktayning Oʻzbekistonga boʻlgan tashrifi va oxirgi vaqtlardagi Turkiya - Oʻzbekiston munosabatlari haqida so‘z qilamiz. (Yevroosiyo kun tartibi - 80)

1672031
Turkiya-O‘zbekiston aloqalari bugungi kunda eng samarali davrni boshdan kechirmoqda

2021-yilning 27-iyuni kuni Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Fuat O‘ktay Toshkent shahrida  O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida uyushtirilgan savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 6 - yig‘ilishida ishtirok etish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Fuat O‘ktayni poytaxtda O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umurzakov kutib oldi.

Vitse-prezident Fuat O‘ktay 28-iyun kuni Toshkentda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ikki mamlakat Prezidentlarining bu yilgi o‘zaro tashriflari chog‘ida kun tartibiga olib chiqiladigan masalalar ham qo‘lga olindi. Ikkinchi Turkiya-O‘zbekiston Oliy darajali strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishining O‘zbekistonda Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning esa Turk kengashi sammitida ishtirok etish maqsadida Turkiyaga kelishi kutilmoqda.

Uchrashuv ortidan Fuat O‘ktay bilan Umurzakov yetakchiligida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 6 - yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yakunida esa tomonlarning 58 masala ustidan kelishib olgani ma’lum qilindi.  

Tashrif doirasida Toshkentda 250 nafar ishbilarmon ishtirokida O‘zbek - turk biznes forumi uyushtirildi. Fuat O‘ktay va Sardor Umurzokov ishtirok etgan forumda 679 million dollarlik 25 bitim imzolandi.

Fuat O‘ktay shuningdek, O‘zbekistondagi turkiyalik ishbilarmonlar bilan uchrashdi va ularning muammolarini tingladi. Vitse-prezident Samarqand, Buxoro shaharlarini ziyorat qilib, Turkiyaga qaytdi.

ikkala davlat rahbarlari tomonidan 2019-yili belgilab olingan 5 milliard dollarlik savdo hajmiga 2022-yili erishish ko‘zda tutilmoqda. Oxirgi 1.5 yil ichida O‘zbekistonda 500 dan ortiq Turk shirkati qurildi. Islom Karimov davrida turli sabablar bilan ba’zi insonlar tomonidan olib qo‘yilgan Turk shirkatlari mulklari qaytarib berilmoqda. Turk banklari O‘zbekistonda filiallar ochmoqda. Turkiya Savdo banki aprel oyida O‘zbekistonda bo‘lib qaytdi. 2021-yilning 7-martida Samarqandda Turkiya Bosh konsulxonasi rasmiy ravishda ochildi. May oyida O‘zbekistonning Antaliya faxriy konsuli tayin qilindi. O‘zaro aviaqatnovlar Istanbuldan O‘zbekistonning sakkiz nuqtasiga qatnov yo‘lga qo‘ya boshladi.  

O‘tgan yili Mudofaa vaziri Hulusi Akar O‘zbekistonga tashrif uyushtirib, Turkiya va O‘zbekiston Mudofaa vazirliklari o‘rtasida Harbiy moliyaviy hamkorlik va naqd pul mablag‘lari berish protokoliga qo‘l qo‘ygandi. Mirziyoyev nomi tilga olingan kelishuvni o‘tgan mart oyida tasdiqladi. 2021-yilning 23-27 marti kunlari Termiz shahrida O‘zbek-turk qo‘shma harbiy o‘quv mashqlari bo‘lib o‘tdi. Yaqinda ikki mamlakat o‘rtasida mudofaa sanoati mahsulotlarini birgalikda ishlab chiqarish masalasi kun tartibiga chiqishi mumkin.

Turk kengashi tarkibiga qo‘shilgan O‘zbekiston, o‘tgan haftalarda TürkPAga a’zo bo‘lishini ma’lum qildi. Shunday ekan O‘zbekistonning TÜRKSOY tarkibiga kirishiga ham oz qoldi. 2021-yilning 24-iyunida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan Turk kengashga a’zo davlatlarning navbatdagi turizm vazirlari yig‘ilishida Qo‘qon shahri Turk dunyosining Turizm poytaxti deb e’lon qilindi.

Xulosa qilib aytganda, Turkiya-O‘zbekiston aloqalari eng samarali davrni boshdan kechirmoqda. Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarning yuqori darajaga ko‘tarilishi, Turk dunyosi munosabatlarining ham rivojlanishi degan ma’noni anglatadi.

 



Aloqador xabarlar