Yevroosiyo kun tartibi - 79

Dasturimizning bugungi sonida Armanistonda, muddatidan oldin o‘tkazilgan parlament saylovi haqida so‘z qilamiz.

1668065
Yevroosiyo kun tartibi - 79

Armanistonda 2021-yilning 20-iyuni kuni muddatidan oldin parlament saylovi bo‘lib o‘tdi. Roppa - rosa 21 partiya bilan 4 ittifoq kuch sinashgan saylov natijalariga ko‘ra amaldagi hukmron partiya, “Fuqarolik shartnomasi” 53,91 %  ovoz olib, o‘z g‘alabasini e’lon qildi. Muxolif tomonlardan Robert Kocharyan boshchiligidagi “Armaniston ittifoqi” partiyasi 21.09 % ovoz oldi. Sobiq Prezident Serj Sarkasyanning “Sharafim bor” ittifoqi 5,22 % ovoz to‘plab, parlamentga kirish huquqini qo‘lga kiritgan uchinchi partiya bo‘ldi. Ikki million olti yuz ming (2 million 600 ming)  saylovchi ro‘yxatga olingan mamlakatda, parlament saylovida ishtirok etganlar soni 49,39  % ni tashkil etdi. “Fuqarolik shartnomasi” partiyasi ushbu saylovda eng ko‘p qishloq aholisi tomonidan qo‘llab - quvvatlandi va parlamentdagi 105 o‘rinning 71 tasini qo‘lga kiritdi. Muxolifat saylov natijalarini tan olmadi, ammo hozircha ovozlarni qayta sanashda natijaga ta‘sir qila oladigan vaziyat o‘rtaga chiqmadi. Xalqaro kuzatuvchilar saylovlarning qonunga muvofiq ravishda o‘tganini ta’kidladilar.

Roppa - rosa 44 kunlik Qorabog‘ urushida mag‘lubiyatni tan olgan Bosh vazir Nikol Pashinyan, mitinglar natijasida muddatidan oldin saylovni qabul qilishga mabur bo‘lgandi. Bu jarayonda Bosh Shtab boshlig‘i Onik Gasparyan ham Bosh vazir Pashinyanni iste’foga chiqishga taklif qildi va askarlarning bu chiqishi davlatni to‘ntarish tashabbusi deb baholandi. Prezidentlik apparati va sud ham Pashinyanning iste‘fosini talab qilgandi.

Ko‘pchilik mutaxassislar bu o‘zgarishlardan keyin Pashinyanning saylovlarda yutqazishi yoki hech bo‘lmaganda ovozlari sonining kamayishini kutar ekan, arman xalqi Pashinyanni takror hokimiyatga olib keldi. Buning eng katta sababi armanlarning murakkab va izolyatsiya qilingan hayot sharoitidan, urushdan qutilib, tinchlik va farovonlik hukm surgan bir davlatda yashashni xohlagani uchun bo‘lishi mumkin. Saylov natijalarini “arman xalqi ayniqsa Gruziya va Turkiyadan ta’sirlanmoqda, kelajaklarini mintaqa xalqi bilan yaqin hamkorlik ichida kormoqda”. degan so‘zlar bilan izohlash mumkin.

Qorabog‘dagi mag‘lubiyatdan faqatgina Bosh vazir Pashinyanning aybdor emasligini arman xalqi bu saylovda ochiq - oydin ko‘rsatdi. Armanistonning barcha sobiq siyosiy liderlarining saylovlarda qatnashib, mag‘lubiyatga uchragan tomon bo‘lishi buning yaqqol isbotidir. Ushbu saylovda arman xalqi “hujumkorona muomalaga yol yoq” dedi. Telekanallardagi munozarasida muxolif liderlarining Pashinyanning oldiga chiqmasligi, xalq nazarida ularning kamchiligi sifatida qayd etildi. Shunga qaramay muxolifning saylov natijalarini tan olishini aytishga hanuz erta. Arman siyosatida kuchini qo‘ldan boy bergan “Qorabog” klani, mamlakatdagi bu yangi jarayonni buzish uchun strategiyalar belgilaydi. Masalan, Robert Kocheryan saylov natijalarini Konstitutsiyaviy sudga yetkazishini bildirdi.

Pashinyanning saylovdagi g‘alabasi ortidan so‘zlagan nutqida, “Kollektiv Xavfsizlik shartnomasi tashkiloti”, “Yevrosiyo Iqtisodiy ittifoqi”, boshqacha qilib aytganda Rossiya bilan aloqalarni yanada mustahkamlaymiz degan bayonoti, Turkiya va Ozarbayjon tomonidan taklif qilingan mintaqaviy Oltili platformaning kelajakda Armaniston kun tartibida ham o‘rin olishidan dalolat bermoqda. Usiz ham saylov oldidan Pashinyanning xodimlari bu borada bayonotlar bergandi. “Fuqarolik shartnoma” partiyasining hukumat tuzish uchun koalitsiyaga muhtoj emasligi, qo‘shnilari bilan munosabatlarini normallashtirish jihatidan bir imkon hisoblanadi. Pashinyan qo‘shnilar bilan munosabatlarni yaxshilash orqali mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirmas ekan, ichki siyosatdagi notinchliklar davom etaveradi.

 



Aloqador xabarlar