Bularni bilasizmi 77-qism

Dunyodagi dastlabki tibbiyot fakulteti 13 asrda Turkiyaning Kayseri viloyatida tashkil etilganligini bilarmidingiz?

1657145
Bularni bilasizmi 77-qism

 

Saljuqiy hukmdorlaridan biri 2-Qilicharslonning qizi Gavhar Nasiba Sultonning vasiyati bilan akasi 1-G’iyosiddin Kayhusrav tomonidan 1206 yilda insho etilgan tibbiyot madrasasi va shifoxona nafaqat tibbiyot ilmini beruvchi, balki salomatlik xizmatini beruvchi dunyoning dastlabki markazi edi.

Gavhar Nasiba Sulton saroyning bosh haydovchisini sevib qoladi. Akasi 1-G’iyosiddin Kayhusrav ularning turmush qurishiga qarshilik ko’rsatadi.

1-G’iyosiddin Kayhusrav bosh haydovchisini urushga jo’natadi va urushda halok bo’lishiga sabab bo’ladi. Uning o’limi tufayli betob bo’lgan Gavhar Nasiba Sulton vafotidan avval akasiga bir vasiyat yozib qoldiradi. U vasiyatida insonlarni bepul davolaydigan shifoxona qurdirishini so’raydi. Singlisining vafoti tufayli iztirob chekkan akasi G’iyosiddin Kayhusrav 1204-1206 yillarda uning vasiyatini bajo keltirib, shifoxona qurdiradi. 1210-1214 yillarda esa tibbiyot ilmi o’qitilgan madrasa qurdiradi.

Shifoxona tarkibida jarrohlik bo’limi, ko’z va ruhiy kasalliklarni davolash bo’limi hamda dorixona xizmat beradi. O’z davrining mashhur turk tabiblari ushbu madrasada yetishib chiqadi va u yerda shogirdlar yetishtiradi.

Kunimizda Gavhar Nasiba Sulton shifoxonasi va madrasasi Kayseri shahrida joylashgan Erjiyes universiteti tomonidan muzeyga aylantirilgan bo’lib, u 1982 yildan boshlab “Gavhar Nasiba” nomidagi tibbiyot tarixi muzeyi sifatida xizmat bera boshlagan.


Tanlangan kalimalar: #Gavhar Nasiba Sulton

Aloqador xabarlar