Yevroosiyo kun tartibi - 76

Dasturimizning bugungi sonida Gruziya Bosh vaziri Irakliy Garibashvilining Anqaraga uyushtirgan rasmiy tashrifi haqida so‘z qilamiz.

1655314
Yevroosiyo kun tartibi - 76

2021 - yilning 1 - iyuni kuni Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning taklifiga binoan Gruziya Bosh vaziri Irakliy Garibashvili Bosh vazir sifatida Turkiyaga birinchi tashrifini amalga oshirdi. Delegatsiya tarkibida iqtisodiyot, tashqi ishlar va atrof - muhit vazirlari, Ajar Avtonom Respublikasi Prezidenti o‘rin oldi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Bosh vazir Garibashvilini Anqarada rasmiy marosim bilan kutib oldi. Uchrashuv ortidan rahbarlar matbuot anjumani uyushtirdilar. Unda uchrashuvning samarali o‘tganini ta’kidlagan Irakliy Garibashvili Prezident Erdo‘g‘anni Tbilisiga taklif qildi.

Turkiya qariyb 15 yildan beri Gruziyaning eng yirik savdo sherigi hisoblanadi. Liderlar matbuot anjumanida qo‘shma savdo hajmining 3 milliard dollarga yetkazish masalasida kelishib olganliklarini ma’lum qildilar. Turkiya va Gruziya, Sharq va G‘arb yo‘nalishida tranzit mamlakatlar sifatida yana - da ko‘proq hamkorlik qilish imkoniyatiga ega. Hatto Zangezur koridorining ochilishi ham Turkiya - Gruziya -Ozarbayjon transport koridorining ahamiyatini yo‘qotmaydi.

Turkiya bilan Gruziya sog‘liqni saqlash sohasida ham o‘z hamkorligini mustahkamlovchi faoliyat olib bormoqda. May oyi oxirida ikki mamlakat sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari o‘rtasida organ transplantatsiyasi bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi. Gruziyada organ transplantatsiyasi amaliyotlarining keng tarqalishida TIKAning mehnati alohida ahamiyat kasb etadi.

Armanistonning mintaqa davlatlari bilan munosabatlarini normallashtirishda va mintaqaviy integratsiyada ishtirok etishda Gruziya ijobiy rol o‘ynashi mumkin. Bosh vazir Garibashvili Turkiyaga kelishidan oldin Boku va Yerevanga tashrif uyushtirgandi. Prezident Erdo‘g‘anning, “Mintaqadagi uch tomonli hamkorlikni qo‘llab - quvvatlaymiz” va “Gruziya mintaqaviy hamkorlikning kalitidir” - degan bayonotlari shu nuqtai nazardan muhim ahamiyatga ega. Turkiya - Ozarbayjon - Gruziya - Eron Tashqi Ishlar vazirlari yig‘ilishida Armanistonning ishtirok etishi mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamga aylanishi mumkin.

2021 - yilning 1 - iyunidan beri pandemiya yuzasidan ikkala mamlakat o‘rtasida yopiq turgan eshiklar takror ochildi. Bu vaziyat mushtarak savdo hajmining ortishi bosh bo‘lish bilan birga ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Turkiya va Gruziya ID - karta orqali sayohat qilish, bojxonada qulaylik, erkin savdo shartnomasi kabi o‘zaro munosabatlarning strategik saviyada davom etishiga shart yaratgan qadamlarni allaqachon tashlagandi.  

Turkiya - Gruziya o‘rtasidagi ushbu yuqori darajadagi strategik hamkorlik, Stalin davrida o‘z vatanidan quvilgan axiskalik turklarning ona vatanlariga qayta olishlari masalasining, kelajakda ijobiy tusda hal qilinishiga yordam beradi.

Ma’lumki, Gruziyaning Namaxvon viloyatida Turk shirkatlaridan biri GES qurmoqda. Olti oydan beri ba’zi mahalliy aholi, ushbu loyiha shartlarining qayta ko‘rib chiqilishini talab qilmoqda. 1 - iyun kuni Turkiyaga kelgan Gruziya delegatsiyasida GES loyihasi bilan to‘g‘ridan - to‘g‘ri aloqali vazirlarning o‘rin olishi, bu masalaning tomonlar o‘rtasida eng qisqa vaqtda hal qilinishidan dalolat bermoqda. GES qurilishi - Gruziya uchun zarur va muhim investitsiya loyihalaridan biridir.

Turkiya - Gruziya munosabatlarida Ozarbayjon omili diqqat - e’tibor qaratmoqda.  Turkiya - Ozarbayjon - Gruziya Tashqi Ishlar vazirlari yig‘ilishi samarali davom etmoqda. Turkiya - Ozarbayjon - Gruziya Prezidentlari sammiti ham bo‘lib o‘tdi. Bugungi kungacha Boku - Tbilisi - Jayxun; Boku - Tbilisi - Kars, Boku - Tbilisi - Erzurum loyihalari yo‘lga qo‘yildi. Turkiya - Ozarbayjon - Gruziya biznes forumi uyushtirilmoqda. Bularning hammasi mintaqaviy hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish imkoni borligining dalilidir.

 



Aloqador xabarlar