Yevroosiyo kun tartibi - 75

Dasturimizning bugungi sonida Belarus va G‘arb o‘rtasida yuzaga kelgan yangi inqiroz haqida so‘z qilamiz.

1651981
Yevroosiyo kun tartibi - 75

2021 - yilning 23 - mayi kuni Irlandiyaning Afina - Vilnyus qatnovini yo‘lga qo‘ygan uchoq Belorus havo hududidan o‘tayotib bomba xavfi tufayli harbiy samolyot hamrohligida majbur Minsk shahriga qondi. Uchoqda tintuv qilindi va aslida bomba xavfi yo‘qligi aniqlandi. Biroq uchoqdagi muxolif NEXTA Telegram kanalining Bosh muharriri Belarus tomonidan ekstremistlar ro‘yhatiga kiritilgan Roman Protasevich va uning yonidagi sevgilisi Sofiya Saperu nazorat ostiga  olindi. Roman Protasevichning 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi kutilmoqda.  

Hodisa haqidagi matbuot anjumanida Belorus yetakchiligi Minsk xalqaro aeroporti elektron pochtasiga HAMAS tomonidan uchoqqa bomba joylashtirib qo‘yilgani to‘g‘risida xabar kelganini ma’lum qilgandi. HAMAS esa bu voqea bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini bildirdi. G‘arblik rasmiylar ham Belorusning uchoq qondirishini “qabul qilinmay turgan darajada noto‘g‘ri” deb baholadi.

Ushbu voqeadan so‘ng Yevropa ittifoqi Belarusga yangi sanksiyalar kiritilishi, Protasevichning ozod etilishi va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining voqeani surishtirishini talab qildi. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti tergov ishlarini boshlatdi. Yevropa davlatlari havo hududlarini Belorus uchoqlariga bekitdi. O‘zaro qatnovlar to‘xtatildi. Ushbu hodisa boshida, Rossiya - G‘arb havo transportiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi biroq bu muammo tomonlar uchoqlarining yangi yo‘nalishlar foydalanish masalasidagi kelishuvi ortidan bartaraf etildi.

Voqealar davomida Belorus Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligi Latviyaning Minsk elchixonasi xodimlaridan mamlakatni tark etishlarini so‘radi. Bir diplomatdan tashqari elchixona xodimlari Belorusni tark etdi. Belorus va Litva bir - birining ikki nafardan diplomatini ketishini talab qildi.

28 - may kuni Belorus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Sochida Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan uchoq inqirozi doxil o‘zaro masalalarni qo‘lga oldi. Ommaviy axborot vositalarida Rossiyaning kelasi oyda Belorusga 500 million AQSh dollari miqdorida kredit ajratib berishi haqida xabarlar tarqaldi. Xuddi shu kuni Yevropa ittifoqi, “Demokratik Belorus uchun iqtisodiy reja” degan nom ostida Belorusga 3 milliard yevro yordam berishni rejalashtirayotgani to‘g‘risidagi xabarni Svetlana Tihonovskaya orqali yetkazdi. Uchoq inqirozi ustidan Yevropa ittifoqi yig‘ilishida ishtirok etgan muxolif Tihonovskaya, Belorus yetakchiligiga qarshi yangi sanktsiyalar joriy etilishini so‘radi.

Uchoq haqidagi inqiroz ortidan G‘arb jihatidan Belorus muammosi inson huquqlari masalasi bo‘lishga qaraganda ko‘proq mintaqa xavfsizligi masalasiga aylandi. G‘arb, Belorusga qarshi yangi sanktsiyalar kiritadi. Mavjud vaziyat Belorusning Rossiyaga yana - da bog‘lanishiga yo‘l ochadi. Belarus mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni tartibga sola olish uchun Rossiyadan yangi qarzlar olishga majbur bo‘ladi. Rossiya va Belorus o‘rtasida yangi harbiy shartnomalarning tuzilishi va Belarusga yangi rus mudofaa sanoati mahsulotlarining joylashtirilishi ehtimoli yuqori.

Ukraina yetakchiligi uchoq inqirozidan keyin Minskning, Donbass inqirozining hal qilinishidagi neytral zona pozitsiyasini qo‘ldan boy berganini xabar qildi. Bu yerda shuni ta’kidlashimiz kerak; Belorus Qrimning anneksiya qilinishini tan olmagan davlatlardan biridir. Sharqiy Yevropadagi mojaroning xalqaro maydonda qanday o‘zgarishlarga olib kelishi noma’lum bo‘yicha qolmoqda.



Aloqador xabarlar