Bugun Xalqaro atrof - muhitni muhofaza qilish kuni!

Atrof - muhitni muhofaza qilish kuni butun dunyo jamiyati e’tiborini, atrof - muhitni muhohafa qilish masalalariga jalb etish maqsadida har yili 5 - iyunda o‘tkazilmoqda.

1651979
Bugun Xalqaro atrof - muhitni muhofaza qilish kuni!

Sanoat sohasidagi o‘zgarishlar inson qo‘li bilan tabiat va atrof - muhitni avvalgiga qaraganda yana - da tez ifloslanishiga yo‘l ochdi. O‘zi turgan shohni o‘zi kesayotganini payqagan insoniyat aslida, o‘zini - o‘zi yangilay oladigan dunyoning tabiiy muvozanatini buzayotganini tushundi. Huddi mana shu ongning rivojlanishi bilan biz foydalanadigan tabiat muvozanatini muhofaza qilish uchun ekologik ong rivojlandi. Ishlab chiqarish ob’yektlari, avtomobillar va har qanday insonlar yaratgan chiqindilarni tabiatga zarar yetkazmay qayta ishlash uchun oqilona yechimlar ishlab chiqarila boshlandi. Davlatlar, xalqaro tashkilotlar orqali dunyoni muhofaza qilish yo‘llari payiga tushildi. Kelajakda insonlarning top  - toza muhitda yashay olishi uchun qo‘limizdan kelgan har qanday cho‘rani ko‘rishga majburmiz. Atrof - muhitni muhofaza qilish, uni asrab - avaylash ongining butun dunyoda keng tarqashi tilagi bilan, Xalqaro atrof - muhitni muhofaza qilish kuni bilan tabriklaymiz!



Aloqador xabarlar