Rossiya vaktsina ishlab chiqarish texnologiyasi haqidagi ma’lumotni bo‘lishmoqchi

Dasturimizning bugungi sonida Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqi oliy kengashi yig‘ilishi haqida so‘z qilamiz. (Yevroosiyo kun tartibi - 74)

1646684
Rossiya vaktsina ishlab chiqarish texnologiyasi haqidagi ma’lumotni bo‘lishmoqchi

2021 - yilning 21 - mayida Qozog‘iston Prezidenti Qasim Jo‘mart Toqayev boshchiligida Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqi oliy kengashining onlayn tarzdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, Belorus, Rossiya Federatsiyasi, O‘zbekiston va Kuba prezidentlari, Ittifoqning faxriy rahbari va ittifoqning bosh kotiblari ishtirok etdilar. Ma’lum bo‘lganidek O‘zbekiston va Kuba ittifoqning kuzatuvchi a’zolaridir.

Qozog‘iston Prezidenti Qasim Jo‘mart Toqayev yig‘ilishda so‘zlagan nutqida, O‘zbekiston - Qozog‘iston chegarasida barpo etilayotgan Xalqaro Markaziy Osiyo logistika markazi uslubidagi markazlarni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi geografiyasida kengaytirishni taklif qildi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan ittifoqning faxriy rahbari Nursulton Nazarboyev, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tarkibida yana - da samarali integratsiyani istamagan kuchlarning borligini bildirdi lekin ularning kim ekaniga to‘xtalmadi. Belorus Prezidenti Aleksandr Lukashenko esa o‘z nutqida Ittifoq oldidagi eng katta to‘siqlikning G‘arb davlatlari ekanini ta’kidladi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin yig‘ilishda Sputnik V vaktsinasini kelajakda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tarkibidagi davlatlarning hammasi uchun ishlab chiqarish mumkinligini va Rossiyaning o‘zining sheriklariga vaktsina ishlab chiqarish texnologiyasi haqidagi ma’lumotni bo‘lishgan yagona davlat ekanini qayd etdi.

Yig‘ilishda liderlar o‘zaro savdoda dollarning kamaytirilishi masalasini qo‘llab-quvvatlovchi bayonotlar berishdi. Rossiya bilan Xitoy tomonidan boshlatilgan ushbu jarayonning butun mintaqada davom etishini taxmin qilish mumkin.

Oziq - ovqat xavfsizligi va narxlari yig‘ilishda tez - tez tilga olingan mavzulardan biri bo‘ldi. Biroq bu bilan birga ko‘tarilayotgan narxlarning tushirilishi bo‘yicha yig‘ilishda aniq takliflar bildirilmadi.

Uchrashuv yakunida bojxona, qishloq xo‘jaligi va dorixona kabi ko‘plab sohalarni o‘z ichiga olgan 14 shartnomaga qo‘l qo‘yildi.

O‘tgan yilning may oyida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Ittifoq faoliyatlari to‘g‘risida ko‘plab tanqidlar bildirilgandi. Bu safar bunday holat kuzatilmadi. Rossiyaning Covid - 19 vaktsinasini ittifoqqa a’zo davlatlar bilan bo‘lishishi, pandemiyaning nazorat qilinadigan nuqtaga kelishi, iqtisodiyotlarning asta - sekin tiklana boshlashi, ittifoq faoliyatlariga bog‘liq tanqidlarning kamayishi bilan natija bergandek.

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining kuzatuvchi a’zosi bo‘lgan Moldova so‘nggi uchrashuvda qatnashmadi. Maia Sandu Prezident etib saylanganidan beri Moldovada G‘arb bilan integratsiya qilish uchun ba’zi qadamlar tashlamoqda. 2021 - yilning 17 -mayida Moldova Tashqi Ishlar vaziri gruziyalik va ukrainalik kasbdoshlari bilan birgalikda Yevropa bilan integratsiyasini oshirish uchun Birlashgan Uchli Memorandumni imzoladi. Bu orqali Moldovaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi yoki Rossiya o‘rniga G‘arb bilan yana - da yaqinroq hamkorlik qilishi mumkin desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bugungacha Vetnam, Serbiya, Eron va Singapur bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi. Shunga ko‘ra Isroil, Misr, Hindiston, Indoneziya va Mo‘g‘uliston bilan aloqalar davom etmoqda. Keyingi yillarda yuqorida aytib o‘tilgan ayrim davlatlar bilan hamkorlik shartnomalari imzolanishi mumkin. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi anchadan buyon Xitoy bilan yaqin hamkorlik ichida. Agar xalqaro maydonda qutblanish kuchaysa unda ittifoqning ahamiyati yana - da ortadi.

 



Aloqador xabarlar