Bularni bilasizmi 74-qism

Otaturk 1919 yilda Anadoludagi Ozodlik urushini boshlash uchun Samsunga qadam bosgan kun bo’lmish 19 mayni “tug’ilgan kuni” deb e’lon qilganligini bilarmidingiz?

1644426
Bularni bilasizmi 74-qism

 

Turk milliy ozodlik urushi boshlangan kun sifatida qabul qilingan 1919 yil 19 may kuni Turkiya Respublikasini barpo etish yo’lida tashlangan birinchi qadam edi. Qalbida vatan va xalq sevgisi mavj urib turgan Mustafo Kamol Otaturk turk xalqining yangidan tug’ilishining ramzi bo’lgan ushbu muhim kunni o’zining tug’ilgan kuni sifatida tanlagan.

1936 yili Britaniya qirolining talabi bilan ingliz elchisi rasmiy ravishda prezident Mustafo Kamol Otaturkning tug’ilgan kunini aytishini iltimos qiladi. Biroq, Otaturk tug’ilgan yillarda insonlarning tug’ilgan kuni qaydlarga olinmagan edi. Shu sababli, Otaturk turk xalqining yangidan tug’ilishining ramzi bo’lgan 19 mayni o’zining tug’ilgan kuni deb tanlaydi. O’sha yili Britaniya qiroli 19 may kuni telegraf orqali Otaturkka tug’ilgan kuni munosabati bilan tabrik yo’llaydi

1928 yili Istanbulda birinchi bor o’tkazilgan “Gimnastika festivali” 1936 yilda 19 mayda o’tkazilishi qarorlashtiriladi va yoshlar bayrami qatorida nishonlanadi. 1938 yili “milliy bayram” deb e’lon qilingan 19 may 1981 yildan boshlab “Otaturkni xotirlash, yoshlik va sport bayrami” sifatida har yili muntazam ravishda nishonlana boshlaydi.


Tanlangan kalimalar: #Mustafo Kamol Otaturk

Aloqador xabarlar