Bularni bilasizmi 72-qism

Turkiya dunyoda xandon pista yetishtirish bo'yicha peshqadam ekanligini bilarmidingiz?

1637711
Bularni bilasizmi 72-qism

 

Turkiyaning janubi sharqida joylashgan Gaziantep viloyati xandon pista yetishtirish bilan mashhur. Ona vatani O’rta Osiyo bo’lgan xandon pista Turkiyada asosan, Gaziantep viloyatida yetishtirilganligi sababli “Antep pistasi” deb ataladi. Xandon pista daraxti asosan Markaziy Osiyo tog'lari, Suriya va Eron, shuningdek O’rta Yer dengizi hududiga kiruvchi mamlakatlarida yetishadi. Ammo xandon pista yetishtirish bo'yicha peshqadam, albatta, Turkiya.  U xandon pista sotish bo’yicha jahon bozorining 50 foizdan ortig'iga egalik qiladi.

Xandon pista daraxti 10 yoshga to’lganida hosil bera boshlaydi. Bitta daraxtdan taxminan 10 kggacha hosil olish mumkin. Uning o’rtacha umri 100-150 yil hisoblanadi.

Xandon pista asosan qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi. Xandon pista qovurilgan va tuzlangan holda iste'mol qilinadi.

Xandon pista iste'mol qilish miya, immunitet tizimi, kamqonlik, jigar, oshqozon-ichak funktsiyasiga foydali ta'sir ko'rsatadi, yurak-qon tomir tizimini normallashtiradi. Shuningdek qonda xolesterolni kamaytiradi, ish qobiliyatini oshiradi va kayfiyatni ko’taradi. O’pka yallig’lanishi va yo’talni davolashga yordam beradi. Qolaversa, qonni tozalash bilan birga, xronik kasallikka chalinish xavfini kamaytiradi. Tarkibida E va B6 vitamini mavjud bo’lib, u saraton turlarini va infektsiyalarni oldini olishga yordam beradi. Yuzdagi nuqsonlarni yo’qotishga yordam beradi.

Inson organizmi uchun juda foydali bo’lgan xandon pista ayni vaqtda to’yimli ozuqa hisoblanadi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Antep fıstığı , #Xandon pista

Aloqador xabarlar