Farg‘ona vodiysidagi chegara muammosi keskinlashdi

Dasturimizning bugungi sonida Qirg‘iziston - Tojikiston chegarasida yuz bergan qurolli to‘qnashuv haqida so‘z qilamiz. (Yevroosiyo kun tartibi - 71)

1635283
Farg‘ona vodiysidagi chegara muammosi keskinlashdi

2021- yilning 28 - apreli kuni Qirg‘izistonning Batken viloyatiga qarashli Aksu qishlog‘idagi suv taqsimlash to‘g‘onida  tojik tomonining to‘g‘onga videokamera o‘rnatish istagi yuzasidan qirg‘iz - tojik fuqarolari o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Janjalga ikki mamlakat xavfsizlik kuchlarining aralashuvi oqibatida voqea qurolli to‘qnashuvga aylandi. Tojikiston Qurolli kuchlari bilan qurollangan tojik fuqarolari ayni vaqtda chegaradagi 11 qirg‘iz qishlog‘i va chegara postlariga qarshi og‘ir  pulemyotlar, tanklar, raketalar va vertolyotlar bilan hujum qildi. 30 - aprel kuni tomonlar sulh bitimini imzoladilar. Sog‘lom fikr yuritish ustun keldi va Farg‘ona vodiysi hozircha xalqaro terrorizmning yangi uyasi bo‘lishdan qutilib qoldi.

28  -30 aprel kunlari yuz bergan voqealarda Qirg‘izistondan 1 nafari yosh bola jami 34 kishi halok bo‘ldi. Halok bo‘lganlardan tashqari roppa - rosa 178 kishi turli xil tan jarohati oldi. Yetakchilik tomonidan hali hanuz tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra Tojikiston tomonidan 15 kishi halok bo‘lar ekan 90 kishi jarohat olgan. Qirg‘izistondan 30 mingdan ortiq kishi o‘z uy - joyini tark etishga majbur bo‘ldi. Bundan foydalangan provokatorlar qirg‘iz qishloqlariga ot qo‘yib yubordi. Natijada 100 dan ortiq bino foydalanishdan chiqdi. Tojikiston tomonida bunday voqea qayd etilmadi.

29 - aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, 30 - aprel kuni Qozog‘iston Prezidenti Qasim Jo‘mart Toqayev tomonlarni tinchlikka chaqirdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev birinchilardan bo‘lib qirg‘iz va tojik hamkasblari bilan uchrashuv o‘tkazdi va o‘q uzishni to‘xtatishga katta hissa qo‘shdi. Rossiya bilan Xitoy tomonlar o‘rtasida o‘rtamchilik qilishga tayyor ekanliklarini e‘lon qildi. Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu qirg‘iz va tojik kasbdoshlari bilan telefon orqali muloqat qilib, muammoning tinch yo‘l bilan hal qilinishi kerakligini va buning uchun kerakli har qanday yordamni berishga tayyor ekanliklarini ifoda etdi. Chet eldagi tojik muxolifat guruhlar voqealardan Imomali Rahmonni javobgar deb topgan bayonotlar berdi. Qirg‘izistonda 2021 - yilning 1 - 2 mayi kunlari milliy motam kuni deb e’lon qilindi.

So‘nggi voqealar ayrim mutaxassislar tomonidan tojik tomonining qirg‘iz hududidagi “Vorux” anklaviga qurol orqali yo‘l ochgan holda Qirg‘izistonning Batken viloyatiga qarashli Leylek tumanini anklav hududga aylantirish tashabbusi sifatida baholamoqda. Anklav, bir mamlakat hududida o‘rin olgan boshqa mamlakatning tuproq parchasidir. Ajablanarli tomoni shundaki, Ramazon oyida Tojikistonning Qirg‘izistonga to‘satdan hujum uyushtirishi. Avvalgi chegara muammolarida tojik armiyasi o‘zini bunday tutmagan va ikki mamlakat chegara kuchlari o‘rtasida o‘zaro quroldan foydalanmaslik to‘g‘risida kelishuv bor edi. Oxirgi paytlarda yuz bergan ba’zi bir muhim voqealar, ya’ni qirg‘iz - tojik chegarasidagi qo‘shma rus - tojik harbiy mashg‘ulotlari, Sergey Shoyguning Dushanbega tashrifi, Rossiya ommaviy axborot vositalarining voqeani xolis aks ettirmasligi, Tojikiston Mudofaa vazirining Tehronga tashrifi va boshqalar bu voqealarda ba’zi mamlakatlarning Tojikistonni orqadan qo‘llab - qo‘llamaganini surishtirishimiz kerakligiga zamin tayyorlamoqda.

Shuni ham ta’kidlashimiz kerakki, voqealar paytida Qirg‘iziston jamoatchiligi orasida Turk kengashga bo‘lgan umid va ishonchning yuqori darajada bo‘lgani o‘zini yaqqol ko‘rsatdi. Shunga tayangan holda Turkiyaning Markaziy Osiyo mintaqasida harbiy baza qurishining vaqti kelgani va hatto allaqchon kelganini aytishimiz mumkin.

 

 



Aloqador xabarlar