Bularni bilasizmi 71-qism
Bir yilda faqatgina ikki hafta umri bo’lgan moviy yulduz guli Bern konventsiyasi asosida himoya ostiga olinganligini bilarmidingiz?
1632502

Moviy yulduz guli Turkiyaning Trabzon viloyati Tonya tumanida taxminan 1300 metr balandlikdagi Kadiralak yaylovida yetishadi. Bahorda Kadiralak yaylovi go’yo moviy rangga burkanadi.
Haqiqatan moviy yulduzga o’xshagan ushbu nodir gul afsuski, turi yo’qolib borayotgan o’simliklar qatoriga kiradi. Shu sababli, Moviy yulduz guli yetishadigan yaylov Xalqaro Bern konventsiyasiga binoan, Tabiat parkiga aylantirildi.
Archa daraxtlari bilan o’ralgan ushbu yaylov bahorda moviy yulduz gulining ochilishi bilan chiroyli manzara tashkil qiladi. Xuddi yerga ko’m-ko’k gilam solingandek… Yaylovning ushbu tenggi yo’q manzarasi ayniqsa, tabiat shaydolarini va sayyohlarni o’ziga jalb qiladi.