Bularni bilasizmi 70-qism
Turkiyada nishonlangan 23-aprel Bolalar bayrami 1979 yildan buyon butun dunyo bolalarining bayrami deb e’lon qilinganligini bilarmidingiz?

Mustafo Kamol Otaturk tomonidan turk bolalarga armug’on etilgan ushbu bayram butun dunyodagi bolalar o’rtasida o’zaro sevgi, hurmat va do’stlik rishtalarini ta’minlash va butun insonlar tinch-totuv yashaydigan porloq dunyo yaratishga hissa qo’shishni maqsad qiladi.
1920 yili Turkiya Oliy majlisi tashkil topgan kun 23-aprelga to’g’ri keladi. Ushbu kun Otaturkning istagi bilan 1929 yildan boshlab bolalar bayrami sifatida nishonlana boshlagan. Dunyoda bolalarga bag’ishlangan yagona bayram bo’lgan 23-aprel 1979 yilning UNESCO tomonidan “Bolalar yili” deb e’lon qilinishi bilan xalqaro darajada e’tirof etila boshladi. Turkiya teleradiokompaniyasining tashabbusi bilan 1979 yildan e’tiboran “Xalqaro 23-aprel bolalar shodiyonalari” festivali doirasida dunyoning turli mamlakatlaridan ko’plab bolalar Turkiyaga taklif qilinishi va butun dunyo bolalarining birgalikda bayramni keng nisnonlashi an’anaga aylandi.
Mana shunday qilib, 23-aprel Milliy mustaqillik va Bolalar bayramini 1920 yildan beri nishonlab kelayotgan turk bolalar ushbu kunni 1979-yildan e’tiboran, butun dunyo bolalari bilan birgalikda nishonlab kelmoqda.