Yevroosiyo kun tartibi 68 - qism

Daturimizning bugungi sonida vengr rasmiylarning Markaziy Osiyo Respublikalariga uyushtirgan tashriflari haqida so‘z qilamiz.

1621956
Yevroosiyo kun tartibi 68 - qism

Vengriya Bosh vaziri Viktor O‘rban shu yilning 29 - 30 marti kunlari O‘zbekistonga tashrif uyushtirdi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Viktor O‘rbanni rasmiy marosim bilan kutib oldi. Uchrashuvlar ortidan ikki mamlakat o‘rtasida 10 ta shartnomaga qo‘l qo‘yildi. O‘zbekiston - Vengriya munosabtlari strategik saviyaga ko‘tarildi. Bank faoliyatlari, qishloq xo‘jaligi, mahalliy boshqaruvlar sohasida konkret qadamlar tashlandi. Birinchi marotaba O‘zbek - vengr biznes kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tashrif doirasida Rektorlar forumi uyushtirildi. Debrejen universitetining Toshkentda filial ochishini va qishloq xo‘jaligi, biotexnologiya, dorixona sohalarida mutaxassislarni tayyorlashni ko‘zda tutgan shartnoma imzolandi. Eslatib o‘tamiz Vengriya har yili Qozog‘istonga 250, Qirg‘izistonga 150 stipendiya asosida oliy o‘quv yurtida o‘rin ajratmoqda.

Bu yilning 31 - marti kuni Viktor O‘rban online tarzda uyushtirilgan Turk kengashining norasmiy sammitida ishtirok etib, nutq so‘zladi.  

6 - 9 aprel kunlari esa Vengriya Tashqi Ishlar va Savdo vaziri Peter Sijyarto Markaziy Osiyo Respublikalariga amaliy tashrif uyushtirdi. Peter Sijyarto unda Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston Prezidentlari tomonidan qabul qilinib, tegishli vazirlar bilan uchrashuvlar amalga oshirdi.    

Vengriya Tashqi ishlar va Savdo vaziri Peter Sijyartoning mintaqa davlatlariga bo‘lgan tashrifi Qozog‘istondan boshladi. Peter Sijyarto Qozog‘iston Tashqi Ishlar vaziri Muhtar Tleuberdi bilan uchrashdi. Uchrashuv yakunida Tleuberdi “Ostona” xalqaro moliya markazida Vengriyaning Eksport va import banki ofisining ochilishi haqida ma’lumot berdi. Peter Sijyarto Vengriyaning Yevroosiyo taraqqiyot bankiga qo‘shilish niyatida ekanini yetkazdi. Vengriya Tashqi ishlar va Savdo vaziri, yetakchi qozoq ishbilarmonlari bilan ham uchrashdi.

Peter Sijyarto oxiri Xalqaro Turk akademiyasiga uchrab, Vengriya haqida chop etilgan yangi kitoblarning taqdimoti marosimida ishtirok etdi.

2021 - yilning 7 - apreli kuni Vengriya Tashqi ishlar va Savdo vaziri Peter Sijyarto Tojikistonga qarab jo‘nab ketdi. Poytaxt Dushanbeda Peter Sijyarto, Vengriya faxriy konsulxonasini ochib berdi. Ayni kunda Vengr - tojik investitsiya forumi uyushtirildi.

Peter Sijyarto 8 - aprel kuni Tojikistondan Qirg‘izistonga o‘tdi. Amalga oshirilgan uchrashuvlar ortidan Bishkekdagi Vengriya elchixonasining yaqinda ba’zi Yevropa ittifoqi mamlakatlari uchun viza berishni boshlashini, Qirg‘izistonning Budapeshtda elchixona ochishini ma’lum qildi. Ikkala mamlakat o‘rtasida 5 ta shartnomaga qo‘l qo‘yildi. Shartnomalar qatorida 50 million AQSh dollari zaxirasi orqali quriladigan Qirg‘iz - vengr jamg‘armasi ham bor.

Ma’lum bo‘lganidek Vengriya Bosh vaziri Viktor O‘rban bilan Tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Sijyartoning Markaziy Osiyo Respublikalariga bo‘lgan tashriflari samarali o‘tdi. Vengriyaning Markaziy Osiyo Respublikalari, Turk dunyosi bilan munosabatlari mustahkam tus olmoqda.

Vengriya Markaziy Osiyo davlatlarining strategik sherigi bo‘lgan ham Rossiya ham da Turkiya bilan a’lo darajada munosabatlar yo‘lga qo‘ydi. Shu bois Vengriyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarining qisqa muddatda eng yuqori darajaga chiqishi mumkin deb bemalol aytishimiz mumkin. Markaziy Osiyo Respublikalari jihatidan Vengriya Yevropa ittifoqi uchun ochilgan darvoza o‘rnida. Turk kengashining Budapesht vakolatxonasi buning birinchi konkret qadami sifatida baholanadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

 


Tanlangan kalimalar: #Markaziy Osiyo davlatlari , #Vengriya

Aloqador xabarlar