Bularni bilasizmi 68-qism

Dunyoning eng qimmatbaho asali Turkiyada ishlab chiqarilganligini bilarmidingiz?

1619255
Bularni bilasizmi 68-qism

 

Turkiyada dengiz sathidan 2500 metr balandlikdagi g’orlardan olingan kantaron asalining kgi 10 ming yevro ya’ni, kunimizda 96 ming lira bo’lib, u dunyoning eng qimmatbaho asali sifatida Guinness Rekordlar kitobiga kiritildi.

Asal qaysi faslda va qanday o‘simlik gullaridan yig‘ilgani, qanday tabiiy sharoitda yetishtirilganiga qarab rangi, hidi va ta’mi bilan ajralib turadi. Eng yaxshisi tog‘ va tabiiy sharoitlarda yetishtirilgan asaldir. Chunki u turli dorivor gullardan olinadi.

Qimmatbaho kantaron asali Turkiyada O’rta Yer dengizi va Egey dengizining baland tepaliklarida yetishgan sariq kantaron o’simligidan olinadi. Odatda yilda 2-3 marta asal hosili olinar ekani, kantaron asali yilda bir marta olinadi. U kunimizdagi asal turlaridan farq qiladi. Ranggi qo’yiq va achchiq ta’mga ega. Tarkibida magniy, kaliy, fenol, flavonoid va antioksidantlar mavjud bo’lib, tibbiy xususiyatlarga ega.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #kantaron asali

Aloqador xabarlar