Bularni bilasizmi 67-qism

Turkiya 2020 yilda Bolqon chempionatida eng ko’p oltin medal sohibi bo’lgan davlat bo’lganini bilarmidingiz?

1614578
Bularni bilasizmi 67-qism

 

Atletizm bo’yicha Bolqon chempionatida ishtirok etgan turkiyalik atletlar jami 123 ta medalni qo’lga kiritdi. Shu bilan Turkiya chempionatning eng ko’p medal sohibi bo’lgan davlatiga aylandi. 2020 yilda pandemiya sababli cheklangan sonda musobaqalar o’tkazilishiga qaramay, Turkiya sportchilari 43 marta rekordni yangiladi. Kattalar bo’yicha yetti branshta Turkiya rekordi o’rnatildi.

Mamlakatning eng iste’dodli atletlaridan Berke Akcham o’z toifasida eng yaxshi darajani qo’lga kiritar ekan, Yasemin Jan esa “Jahon yarim marafon chempionatida” jahon bo’yicha 7-o’rinni egalladi.

Qolaversa, Turkiya 2020 yilda voleybol bo’yicha ham ustunlikni qo’lga kiritdi. Voleybol bo’yicha Turkiya ayollar milliy terma jamoasi Tokio olimpiada o’yinlari uchun Yevropa qit’a saralash final musobaqalarida Germaniyani mag’lub etib, olimpiadalarda ishtirok etish baxtiga muyassar bo’ldi.


Tanlangan kalimalar: #Bolqon chempionati , #Turkiya

Aloqador xabarlar