Armanistondagi siyosiy inqiroz
Dasturimizning bugungi sonida Armanistondagi oxirgi vaziyat haqida so‘z qilamiz. (Yevroosiyo kun tartibi - 62)

2021 - yilning 24 - fevrali kuni Rossiyaning “Iskandar” ballistik raketasi tufayli Armanistonda qurolli kuchlar bilan hukumat o‘rtasida inqiroz yuzaga keldi. Armanistonning sobiq Prezidenti Serj Sarkisyan hukumat tomonidan qurolli kuchlar byudjetining uzilgani, oxirgi Qorabog‘ urushida “Iskandar”dan foydalanilmaganini bayon etdi. Bosh vazir Nikol Pashinyan bunga javob tariqasida “Iskandar”dan foydalanilgani lekin raketalarning uchirilmaganini bildirdi. Bu tortishuvlarga qurolli kuchlar generallari aralashar ekan Pashinyan, Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisining birinchi o‘rinbosarini o‘z vazifasidan chetlatdi.
Buning ortidan 2021 - yilning 25 - fevralida Armaniston Bosh shtabi hukumatni ogohlantirdi va Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qildi. Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi Onik Gasparyan qo‘l qo‘ygan ushbu bayonotda Armaniston Bosh vaziri va hukumatning bundan buyon mamlakat uchun kerakli qarorlarni qabul qilolmasligi qayd etildi. Huddi ana shu soatlarda Yerevan samolarida Su - 30 rusumidagi urush uchog‘i pastdan uchishlar amalga oshirdi.
Bosh vazir Pashinyan ham Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi Onik Gasparyanni o‘z vazifasidan oldi va tarafdorlarini mitingga chaqirdi. Tushdan keyin Respublika maydonida tarafdorlariga xitob etgan Nikol Pashinyan qurolli kuchlar bayonotining to‘ntarish tashabbusi ekanini va bunga ruxsat bermasliklarini bildirdi.
Pashinyanning maydondagi so‘zlari ortidan Armaniston Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi ikkinchi marotaba bayonot berib, o‘z pozitsiyasini saqlab qolgani va mamlakat manfaatlarini himoya qilish uchun Pashinyanning iste’fosini talab qilganini yana bir bor takrorladi. Muxoliflar qurolli kuchlar bayonotini qo‘llab - quvvatlab miting uyushtirdilar va chodirlar qurib Bosh vazirning iste’fosi uchun ko‘chada bo‘lishlarini e’lon qildilar.
Armaniston Prezidenti Arman Sarkisyan uch kun kutib, turli tomonlar bilan uchrashgach vazifasidan chetlatish maktubini Bosh vazir Pashinyanga qaytardi. Bosh vazir Pashinyan bu qarorni takror Prezidentga yuborishini, muammoning hal qilinmaganini bildirdi. Vazifasidan chetlatish masalasi, Konstitutsiya sudida hal qilinadigandek emas.
Hurmatli tinglovchilar, 44 kunlik Qorabog‘ urushidagi mag‘lubiyatdan beri arman muxoliflari Bosh vazir Pashinyanni vazifasidan ketishini talab qilmoqda. Prezident Sarkisyan ham muddatidan oldin saylov o‘tkazilishi kerakligi haqida gapirmoqda. Majlisda ko‘pchilik o‘ringa ega bo‘lgan Pashinyan esa umumiy saylovlarning o‘z vaqtida ya’ni, 2022 - yili bo‘lishi kerakligini ta’kidlamoqda.
Pashinyan, tarafdorlarini 1 - mart kuni o‘tkaziladigan katta mitingga chaqirdi. 1 - mart arman siyosatida alohida o‘ringa ega. 2008 - yilning 1 - marti kungi mitinga xavfsizlik kuchlari aralashib, oqibatida 8 nafari tinch aholidan, 2 nafari esa xavfsizlik xodimlaridan jami 10 kishi halok bo‘lgandi. Qurolli kuchlaridan farqli olaroq politsiya xodimlarining bugungacha Pashinyan tomonida turishi, kuch muvozanatlari himoya qilinmoqda degan ma’noni anglatadi.
Armanistonda yuz bergan inqirozda G‘arbning bugungacha passiv qolgani kuzatildi. Rossiya tomonidan berilgan bayonotda hozircha voqealar Armanistonning “ichki ishlari” sifatida baholanmoqda. Turkiya esa har qanday to‘ntarish tashabbusiga qarshi ekanini, qurolli kuchlarining siyosatga aralashmasligi va Armanistonning kelajagini xalq shakllantirishi kerakligini bildirdi.
Qo‘shnilari bilan do‘stona munosabatda bo‘lishi, Armanistonning bunday siyosiy inqirozlarga duch kelishiga to‘siqlik qilishi mumkin.
Aloqador xabarlar

Bularni bilasizmi 30- qism
Dunyodagi birinchi geograf olimi Turkiyaning Amasya viloyatida tug'ilganini bilasizmi?