Yevroosiyo kun tartibi 61 - qism

Dasturimizning bugungi sonida O‘zbekistonning boshqa Turk Respublikalari bilan bo‘lgan munosabatlari haqida so‘z qilamiz.

1590867
Yevroosiyo kun tartibi 61 - qism

Turk kengashi Bosh kotibi Bag‘dad Amreyev shu yilning 8 - fevralidan 11 - fevraligacha O‘zbekistonda turli uchrashuvlar amalga oshirdi. Amreyev O‘zbekiston Oliy majlisi senati raisi Tanzila Narbayeva bilan O‘zbekiston majlisining TürkPA tarkibiga kirish jarayonini qo‘lga oldi. Amreyev shuningdek, O‘zbekistonning Tashqi Ishlar, Madaniyat, Qishloq xo‘jaligi, Innovatsiya va taraqqiyot, Axborot texnologiyalari va aloqa, Investitsiya va tashqi savdo vazirlari, Yoshlar ishlari agentligi, Futbol federatsiyasi rahbarlari bilan hamkorlik masalalarini qo‘lga oldi.

O‘zbekiston hukumati Turk respublikalari bilan butunlashish uchun 2021 - yilning 10 - fevrali kuni lotin alifbosiga butunlay o‘tish masalasining yo‘l xaritasini qabul qildi. Qabul qilingan ushbu yo‘l xaritasiga ko‘ra O‘zbekiston 2023 - yilning 1 - yanvaridan e’tiboran butunlay lotin alifbosiga o‘tgan bo‘ladi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida Turkiston - Chimkent - Toshkent tez yurar poyezd loyihasini yo‘lga qo‘yishga atalgan uchrashuvlar jadal tus oldi. Shuningdek, ikkala mamlakat o‘rtasida yangi Maktaaral - Darbaza temir yo‘lining qurilishi ham kun tartibida. 2021 - yilning 16 - fevrali kuni O‘zbekiston va Qozog‘istonning Savdo vazirlari chegarada uchrashib, birgalikda hal qilinadigan “Markaziy Osiyo” xalqaro savdo va iqtisodiy hamkorlik markazining oxirgi vaziyatini muhokama qildi.

O‘zbekiston Tashqi Ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 2021 - yilning 16 - 18 fevrali kunlari Turkmaniston, Qozog‘iston va Tojikistonga amaliy tashrif uyushtirdi. Tashrif chog‘ida O‘zbekiston Tashqi Ishlar vaziri nomi tilga olingan mamlakatlarning Davlat rahbarlari tomonidan qabul qilindi. Tashqi Ishlar vaziri Kamilov Turkmaniston, Qozog‘iston va Tojikiston prezidentlaridan Toshkentda, “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar”. - deb nomlangan xalqaro konferensiyani o‘tkazishni qo‘llab - quvvatlashlarini so‘radi.

2021 - yilning 17 - fevrali kuni Budapeshtda navbatdagi (6) O‘zbek - venger hukumatlararo iqtisodiy hamkorlik komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Bosh vazir o‘rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzaqov rahbarligidagi O‘zbekiston hay’ati ishtirok etdi. Unda ikki mamlakat savdo hajmining 2020 - yili, 2019 - yilga nisbatan 50 foizga ortgani qayd etildi. Yig‘ilish yakunida o‘zbek va venger tomonlari o‘rtasida bir qator hamkorlik shartnomalariga qo‘l qo‘yildi. Huddi shu kuni Budapeshtda Venger - o‘zbek biznes forumi uyushtirildi. Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev, 2021 - yilning 16 - fevrali kuni Turk kengashining Bodapeshtdagi vakolatxonasida bo‘ldi.   

O‘zbekiston Turk respublikalarining Janubiy Osiyo mamlakatlariga ochilgan darvozasi bo‘lishga harakat qilmoqda. O‘zbekiston Afg‘onistonga bo‘lgan yordamlarini orttirdi. Toshkent yetakchiligi Hindiston va Pokiston bosh bo‘lish bilan birga Janubiy Osiyo mamlakatlari hay’atlari bilan uchrashuvlarini ko‘paytirdi. O‘zbekistonning bu borada xalqaro konferensiya uyushtirish niyatida ekanini yuqirda ham aytib o‘tgandik.

O‘zbekiston e’lon qilgan Ali She’r Navoiy tavalludining 850 - yilligi munosabati bilan uyushtirilgan marosimlari barcha Turk respublikalarida yil davomida nishonlanadi. TÜRKSOY va Turk akademiyasi bu borada birinchi faoliyatlarini o‘tkazdi. Xalqaro Turk akademiyasi 2021 - yilni “Ali She’r Navoiy yili” deb e’lon qildi. Qisqacha qilib aytganda O‘zbekistonning Turk respublikalari bilan bo‘lgan munosabatlari mustahkam ravishda davom etmoqda. O‘zbekistonning bu say - harakatlari Turk respublikalarining xalqaro tashkilotlariga kuch - quvvat bermoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #O‘zbekiston , #Turk respublikalari

Aloqador xabarlar