Bularni bilasizmi 61-qism

Taniqli turk yozuvchi Yashar Kemalning “Inje Memed” nomli birinchi romani butun dunyoda tanilganligini bilarmidingiz?

1587980
Bularni bilasizmi 61-qism

 

“Inje Memed” taniqli turk yozuvchi Yashar Kemalning birinchi romanidir. 1955 yili nashr etilgan bu kitob yozuvchining shox asari deb baholangan. Romanda Janubiy Anadoluda yashagan qishloq xalqining diktatorlikka qarshi kurashi anglatiladi. Dastlab 1957 yilda bolgar tiliga tarjima qilingan roman 1959 yili Nozim Xikmat tomonidan rus tiliga tarjima qilingan.

Shuningdek, 1961 yili ingliz va fransuz tillariga ham tarjima qilinib, Britaniya, AQSh, Fransiya va Italiyada ham nashr qilingan. Keyingi yillarda nemis va ispan tillarga ham tarjima qilingan roman kunimizgacha jami 40dan ortiq tilga tarjima qilingan.

1984 yili ingliz aktyor va rejissyor Peter Ustinov ushbu roman asosida kinofil’m tasvirga tushirgan. Ushbu fil’mda Ustinovning o’zi romandagi Abdi Og’a ro’lini ijro etgan.


Tanlangan kalimalar: #Yashar Kemal , #İnce Memed

Aloqador xabarlar