Bularni bilasizmi 60-qism

Eskishehir dunyoning eng xavfsiz shaharlari ro’yxatida 8-o’rindan joy olganligini bilarmidingiz?

1583342
Bularni bilasizmi 60-qism

 

Deyarli har kuni televideniye orqali dunyoning turli mamlakatlarida ro‘y berayotgan dahshatli va ayanchli voqealardan xabardor bo‘lamiz. Bugungi kunda sayohatlarni ehtiyot bo‘lib rejalashtirgan ma'qul, hozirgi kunda munosib dam olish o‘rniga biror bir muammoga yo‘liqish xavfi juda baland.

Aynan shu maqsadda xalqaro “Numbeo” kompaniyasi har yili dunyoning nisbatan eng xavfsiz shaharlari ro‘yxatini tuzadi. Ushbu tashkilot ana shu shaharlar reytingini e’lon qildi. Ro’yxatning dastlabki 10 shahri orasida Turkiyadan Eskishehir o’rin olgan. Ushbu shaharda aholi orasida qotillik deyarli kuzatilmaydi.

Mazkur ro’yxatda jami 431 shahar o’rin olgan. Unda Eskishehir oxirgi 3 yilda 41 pog’ona yuqoriga ko’tarilib, 8-o’rindan joy olgan. Ro’yxatda shuningdek, Antaliya 61-, Bursa 74-, Izmir 77-, Anqara 183-, va Istanbul 263-o’rindan joy olgan.


Tanlangan kalimalar: #Eskishehir , #Turkiya

Aloqador xabarlar