Rossiyadagi namoyishlar kuzgacha davom etishi mumkin

Dasturimizning bugungi sonida Rossiyadagi ruxsatsiz namoyishlar haqida so‘z qilamiz. (Yevroosiyo kun tartibi - 59)

1581861
Rossiyadagi namoyishlar kuzgacha davom etishi mumkin

2021 - yilning 17 - yanvari kuni Rossiya muxolifati faoli Aleksey Navalniy Berlindan Moskvaga qaytar ekan shartli ravishda ozod qilish qoidalarini buzgani uchun hibsga olindi. Rus muxoliflari 2021 - yilning 23, 31 - yanvari va 2 - fevrali kuni ruxsatsiz ravishda Aleksey Navalniyni qo‘llab - quvvatlab namoyishlar uyushtirdilar. Ushbu namoyishlar Rossiyaning deyarli barcha shaharlariga yoyildi. Bu darajadagi katta namoyish oxirgi marotaba 2012 - yili uyushtirilgandi.

2021 - yilning 2 - fevrali kuni Aleksey Navalniy Moskvada sud tomonidan 3.5 yillik shartli qamoqdan haqiqiy qamoqqa yuborildi. Moskvadagi sudda qariyb 20 nafar G‘arb davlati diplomati kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi. Rossiya Federatsiya kengashining xalqaro masalalar qo‘mitasi a’zosi Andrey Klimov, sudda chet ellik diplomatlarning ishtirok etishini Navalniyning, “chet mamlakatlar insoni” sifatida qo‘lga olinishining qanchalik to‘g‘ri ekanini ko‘rsatuvchi dalil sifatida baholadi. Davlat dumasidagi hukmron va muxolifatdagi barcha partiyalar Navalniyni mamlakatning eng katta dushmani deb e’lon qildilar.

G‘arb davlatlari bir ovozdan Navalniyning ozod etilishini xohlamoqda. Germaniya kansleri Angela Merkel qarorning huquq davlatiga to‘g‘ri kelmasligini shu bois ham Navalniyning tezlik bilan ozod etilishi shartligini qayd etdi. Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron sud qarorini “Qabul qilinishi imkonsiz” deb baholadi. AQSh Davlat rahbari Jo Bayden Aleksey Navalniyning “tezlik bilan, hech qanday shartsiz” ozod etilishini talab qildi. Bryusseldan ham shunga o‘xshash bayonotlar berildi. AQShning Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan esa, Jo Bayden yetakchiligining Rossiyaga nisbatan yana - da ko‘proq sanksiya kiritish niyatidaligini ifoda etdi.

5 - fevral kuni Rossiya Tashqi Ishlar vaziriligi 2021 - yilning 23 - yanvarida ruxsatsiz uyushtirilgan namoyishlarda ishtirok etgani uchun Germaniya, Polsha va shvetsiyalik 3 diplomatning xohlanmagan inson e’lon qilinganini va ularning yaqinda mamlakatdan chiqarilishini ma’lum qildi.

Huddi shu kuni Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov Yevropa ittifoqi Tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Josep Borrell bilan bo‘lgan uchrashuvlar ortidan uyushtirilgan matbuot anjumanida Yevropa ittifoqining Rossiya jihatidan ishonchsiz sherik ekanini bildirdi.

Rus muxoliflar har haftaning dam olish kunlari ko‘chalarda ruxsatsiz ravishda namoyish uyushtirish yo‘lini tanlamoqda. Bu yo‘l avval Xabarovsk shahrida va qo‘shni Belarusda foydalanilib, muxoliflar jihatidan muvaffaqiyatli natija bergandi. Hozircha voqealarning qay tomon ketishini aniq aytish murakkab. Hatto namoyishlar kuzgacha davom etishi ham mumkin. Chunki kuz mavsumida Rossiyada parlament saylovlari o‘tkaziladi. Oxirgi mahalliy saylovlarda Navalniy tarafdorlari ma’lum darajagacha muvaffaqiyatli bo‘lgandi. Kuzda bo‘lib o‘tadigan duma saylovlarida g‘alabaga erishish iqtidor jihatidan alohida o‘ringa ega.

Ko‘rib turilganidek Navalniy ustidan Rossiya - G‘arb bahsi jadal tusda davom etmoqda. Keyingi kunlarda ruslarning ruxsatsiz namoyishlar uyushtirish uchun ko‘chalarga chiqib - chiqmasligi yoki ruxsatsiz namoyishga chiqqanlar soni mamlakatdagi voqealarni shakllantiradi. Xalqaro sohada esa G‘arbning Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar kiritish ehtimoli bor.



Aloqador xabarlar