Bugun dunyo miqyosida "Xalqaro radio kuni" nishonlanmoqda
13 - fevral Xalqaro radio kuni.

1946 - yilning 13 - fevrali kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotida “BMT Radiosi” ishga tushdi. Keyinchalik UNESCO tomonidan o‘tkazilgan konferensiyada 13 - fevral “Xalqaro radio kuni” deb e’lon qilindi. Tarix davomida eng kuchli va eng qulay aloqa va muloqat vositasi bo‘lgan radio bugungi raqamli texnologiya davrida ham o‘z o‘rnini saqlab kelmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining faoliyat sohasiga kirgan dunyo miqyosidagi mojarolar, ichki urush va urush joylari, muhojirlar uchun eng tezkor aloqa vositasi oddiy batareya bilan ham ishlagan radio bo‘ldi. UNESCO dunyoning turli nuqtasidan tinglovchilarga to‘g‘ri, sifatli va ishonchli ma’lumot yetkaza olish uchun bu kunni nishonlamoqda. Radiodan insonparvarlik yordami maqsadida foydalanish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining “radio-in-a-box” ilovasi faol ravishda foydalanilib kelinmoqda.