Eron TIV Javod Zarifning mintaqa davlatlariga uyushtirgan amaliy tashrifi

Dasturimizning bugungi sonida Eron Tashqi Ishlar vaziri Muhammad Javod Zarifning mintaqa davlatlariga uyushtirgan amaliy tashriflari haqida so‘z qilamiz. (Yevroosiyo kun tartibi - 58)

1577399
Eron TIV Javod Zarifning mintaqa davlatlariga uyushtirgan amaliy tashrifi

2021 - yilning 24 - yanvaridan boshlab 29 - yanvarigacha Eron Tashqi Ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif mintaqa davlatlariga amaliy tashrif uyushtirdi. Eron Tashqi Ishlar vaziri unda avvolom bor Ozarbayjon, Rossiya, Armaniston, Gruziya va Turkiyada bo‘lib qaytdi. Javod Zarif yuqorida nomi tilga olingan davlatlarning liderlari tomonidan qabul qilinib, kasdboshlari bilan o‘zaro va mintaqaviy masalalarni qo‘lga oldi.

Muhammad Javod Zarif aytib o‘tganimizdek avvalom bor Ozarbayjonda bo‘ldi. Bokuda Javod Zarif Qorabog‘ning ishg‘oldan qutqarilishi munosabati bilan ozarbayjonliklarni tabrikladi. Eron Tashqi Ishlar vaziri eronlik shirkatlarning mintaqani qayta tiklash faoliyatlarida o‘rin olishga tayyor ekanini bildirdi. Prezident Ilhom Aliyev tomonidan qabul qilingan Zarif, Arasning ikki qirg‘og‘ida do‘stlik va qardoshlikning har doim hukmronlik qilishini qayd etdi.

Javod Zarif Ozarbayjondan keyin Rossiyaga qarab yo‘l oldi va 26 - yanvar kuni Rossiyada kasbdoshi Sergey Lavrov bilan uchrashdi. Unda Qorabog‘ning xavfsizlik va iqtisodiy jihatdan qayta tiklanishi, keng ko‘lamli mushtarak harakat rejasi va Eron yadroviy dasturining qutqarilishi, Sputnik V vaksinasining Eronda foydalanilishi kabi mavzular muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida Rossiya va Eron o‘rtasida Axborot xavfsizligini ta’minlash masalasida hamkorlik shartnomasiga qo‘l qo‘yildi.

Eron Tashqi Ishlar vaziri Rossiyadan Armanistonga o‘tdi. Zarif Yerevanda “Armanistonning hududiy yaxlitligining Eronning qizil chizig‘i” ekanini qayd etdi. Armaniston Tashqi Ishlar vaziri Ara Ayvazyan esa Zarifga Qorabog‘ muammolari haqidagi arzlarini yetkazdi.

Armanistondan keyin Javod Zarif Gruziyaga bordi. Eron Tashqi Ishlar vazir Tbilisida Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili, Bosh vazir Georgiy Gaxariya bilan uchrashdi.

Gruziya yetakchilari bilan uchrashgach Javod Zarif Turkiyaga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif chog‘ida Eron Tashqi Ishlar vaziri Istanbulda avvalom bor kasdboshi Mevlut Chavusho‘g‘lu bilan uchrashdi. Uchrashuv yakunida Ozarbayjon, Eron va Turkiya liderlarining yaqinda uch tomonli sammit uyushtirishi ma’lum qilindi. Ortidan Eron Tashqi Ishlar vaziri Javod Zarif Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘an tomonidan qabul qilindi.

Ozarbayjon va Turkiya Prezidentlarining Bokuda tilga olgan Mintaqaviy hamkorlik platformasi bayonotidan keyin Javod Zarif nomi tilga olingan platformaga ilova etilishi kerak bo‘lgan davlatlarga amaliy tashrif uyushtirdi. Tehron yetakchiligi Ozarbayjon va Turkiyaning Armaniston bilan, Rossiyaning esa Gruziya bilan muammolari borligi uchun, bu yerdagi eng foydali davlat o‘zlari degan fikrda. Balki shuning uchun Eronning Tbilisi elchisi Akbar Kasem boshidan 3 + 1 shu jumladan Eron, Ozarbayjon, Armaniston va Gruziya formulasining boshlatilishi va vaqti - vaqti bilan 6 davlatni o‘z ichiga oladigan shaklda kengaytirilishining ham bir alternativ ekanini qayd etgan bo‘lishi mumkin. Ushbu platforma G‘arb sanksiyalari ta’sirini kamaytirish jihatidan ham Tehron uchun foydalidir faqat Turkiyasiz bu platformaning muvaffaqiyatli davom etishi imkonsiz.

Mintaqaviy muammolarnin mintaqa davlatlari tomonidan hal qilinishining qanchalik to‘g‘riligi Qorabog‘ masalasida o‘zini yaqqol ko‘rsatdi. Kavkazning rivojlantirilishi ham mintaqa davlatlarining bir yoqadan bosh, bir yengdan qo‘l chiqarishi bilangina amalga oshadi. Ozarbayjon va Turkiya Prezidentlarining Bokuda tilga olgan tashabbuslari yo‘lga qo‘yilgudek bo‘lsa unda Kavkaz ham obod mintaqaga aylanadi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar