Bularni bilasizmi 56-qism

Turk oshxonasiga oid 150 mingdan ortiq xilma-xil taomlar retseptini 9 tilda topish mumkinligini bilarmidingiz?

1565379
Bularni bilasizmi 56-qism

 

25 yil davomida dunyoning eng boy oshxona madaniyatiga ega bo’lgan Turkiya milliy taomlari va oshxona madaniyati haqida tadqiqot olib borgan Banu Atabay taomlar haqidagi maqolalarini va taomlar retseptlarini “lazzatlar.com” nomli sayt orqali namoyish qilmoqda. Ushbu saytda 150 mingdan ortiq xilma-xil taomlar retseptiga o’rin berilgan.

Taom retseptlarini turkchadan tashqari ozarbayjon, ingliz, arab, nemis, rus, italyan, ispan va fransuz tillarida ham uchratishingiz mumkin.

Natijada, butun dunyoda insonlar turk oshxona madaniyati haqida ma’lumotga ega bo’ladilar va turk milliy taomlarini sinab ko’rish imkoniyatiga muyassar bo’ladilar.



Aloqador xabarlar