Bularni bilasizmi 54-qism

NATOning dastlabki ayol harbiy uchuvchisi turk ekanligini bilarmidingiz?

1556606
Bularni bilasizmi 54-qism

 

1933 yili tug’ilgan Leman Bozkurt Altinchekich nafaqat Turkiyaning balki, NATOning birinchi ayol harbiy uchuvchisi unvoniga muyassar bo’lgan.

U kichkinaligidayoq osmonda parvoz qilishni orzu qiladi va litseyni bitirgan yili orzuyini ro’yobga chiqarish yo’lida qadam tashlaydi va uchuvchilik sirlarini o’rganadi. 1954 yili Turkiya qurolli kuchlari safiga ayollarni qabul qilish to’g’risida qaror chiqadi. U natijada Izmirdagi harbiy maktabga o’qishga topshiradi va 1955 yilning oktyabr oyida harbiy maktabga qabul qilinadi.

1957 yili parrakli samolyotlarni boshqarish bo’yicha uchuvchilik kasbini egallaydi. O’sha yillarda dunyoning eng yirik harbiy ittifoqi bo’lgan NATO 5 yoshda edi. Leman Bozkurt keyinchalik harbiy uchuvchilik sirlarini qunt o’rganadi va nafaqat Turkiyaning, balki NATO kuchlarining ilk ayol harbiy uchuvchisi unvoniga sazovor bo’ldi.


Tanlangan kalimalar: #Leman Bozkurt Altinchekich

Aloqador xabarlar