Bugun butun dunyoda, Inson huqulari kuni nishonlanmoqda

Bugun 10 - dekabr butun dunyoda, Inson huqulari kuni nishonlanmoqda.

1543239
Bugun butun dunyoda, Inson huqulari kuni nishonlanmoqda

Bugun butun dunyoda "Inson huquqlari kuni” nishonlanmoqda. “Dunyodagi butun insonlar erkin va teng huquqqa ega” degan fikrdan yo‘lga chiqqan Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh assambleyasi 1948 – yilning 10 – dekabri kuni bu kunni “Xaqlaro Inson huquqlari kuni” deb qabul qildi. Turkiya 1949 – yilning aprel oyida Birlashgan Millatlarning tashkil topish deklaratsiyasini tasdiqladi. Ana shu kundan beri Turkiyada ham butun dunyoda bo‘lganidek “Inson huquqlari kuni” har yili 10 – dekabrda nishonlanmoqda. “Inson huquqlari kuni”ning butun dunyoda nishonlanishi albatta ayni vaqtda inson huquqlari ongining taraqqiy topishi bilan ham bog‘likdir. Ikkinchi Dunyo urushi mobaynida hirslarining quliga aylangan diktatorlarning dunyoni jarlik og‘ziga yetaklashi oqibatida millionlab insonning urush, badarg‘a, genotsid va qatliomga uchrashi, inson bo‘lishdan tug‘ilgan haqlarning xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinishi va himoya qilinishini ta’minlandi.

Bugungi kunga kelib katta urushlar kelib chiqmasa ham Iroq, Suriya kabi mamlakatlarda yuz bergan to‘qnashuvlar va ochiq inson huquqlari paymollari BMT kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan to‘xtatilish payida. Umid qilamizki dunyoning qayerida bo‘lishidan qat’iy nazar urush va terror tomonidan paymol qilingan inson huquqlariga monelik qilinadi.



Aloqador xabarlar