TK Tashqi siyosat - tadqiqot markazlarining 7 - yig‘ilishi Shushada o‘tkaziladi

Dasturimizning bugungi sonida Turk kengashi Rasmiy tashqi siyosat - tadqiqot markazilarining navbatdagi yig‘ilishi haqida so‘z qilamiz. (Yevroosiyo kun tartibi - 49)

1539150
TK Tashqi siyosat - tadqiqot markazlarining 7 - yig‘ilishi Shushada o‘tkaziladi

Shu yilning 19 – noyabri kuni Qirg‘iz Respublikasi Milliy strategik tadqiqotlar instituti tomonidan online tarzda navbatdagi Turk kengashi Rasmiy tashqi siyosat - tadqiqot markazlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Vengriya, O‘zbekiston va Turkiya strategik tadqiqotlar instituti rahbarlari ishtirok etdi. Eslatib o‘tamiz Turk kengashi Rasmiy tashqi siyosat - tadqiqot markazlari o‘rtasida hamkorlik borasidagi o‘zaro anglashuv memorandumiga 2015 – yilning 8 – mayi kuni Bokuda qo‘l qo‘yilgan.   

Yig‘ilishni Turk kengashi Bosh kotibi Bag‘dad Amreyev ochib berdi. Amreyev o‘z nutqida, yuqorida nomi tilga olingan markaz orqali tashkilot tarkibidagi davlatlar o‘rtasidagi tashqi siyosat masalasida yana – da kuchli hamfikrlik tashkil etishni va global siyosiy sahnada bir – birini yana - da a’lo darajada qo‘llab – quvvatlashni maqsad qilib olganliklarini ta’kidladi. Bosh kotib, Turk kengashi tarkibiga kuzatuvchi davlat sifatida kirishni xohlagan davlatlar soni ortganini ham o‘z so‘ziga ilova etdi. Yig‘ilishda ishtirok etgan vazirlar Covid – 19 ga qarshi kurash, Ozarbayjonning qutqarilgan hududlarining qurilishi, ta’lim sohasidagi hamkorlik kabi mavzularda ma’ruza o‘qidilar. Turk respublikalari mustaqilligining 30 – yilligiga atalgan maxsus nashr tayyorlanishi masalasi ham yig‘ilishning kun tartibida o‘rin oldi.  

Yig‘ilish yakunida Ozarbayjon Xalqaro aloqalarni tahlil qilish markazi rahbari Farid Shafiyevning taklifiga binoan tomonlar, navbatdagi yettinchi Turk kengashi rasmiy tashqi siyosat - tadqiqot markazlari yig‘ilishining Ozarbayjonning Shusha shahrida o‘tkazilishi haqida qaror qabul qildi. Qabul qilingan qarorlarning judayam o‘rinli ekani aniq.  

Oxirgi yillarda Turk dunyosining mushtarak xalqaro tashkilotlari faoliyatlari va tadbirlari soni tobora ortib bormoqda. Bunday yig‘ilishlarning tez – tez uyushtirilishi nomi tilga olingan tashkilotlarda mushtarak ko‘z qarashning yaratilishiga hissa qo‘shadi. Turk kengashi Rasmiy tashqi siyosat - tadqiqot markazilari yig‘ilishining ham oqsamay davom etishi albatta xursandchilik baxsh etadi. Chunki Turk respublikalarining xalqaro arenada yana – da faol faoliyat yurita olishi uchun nomi tilga olingan tashkilotlar samarali strategiyalar o‘ylab topmoqda.

Yig‘ilishda e’tibor qaratilgan “Turk dunyosi vizioni – 2040” dasturi mazmunini Turk dunyosining strategik markazlari toldiradi. Shu bois Turk kengashi faqatgina davlatning rasmiy axborot - analitik markazlari emas, Turk dunyosining barcha axborot analitik markazlarini jamlashi va ularga Turk dunyosining kelajagini birgalikda tashkil etishi masalasida yetakchilik qilishi lozim. Bu orqali Turk respublikalarida Turk dunyosi tushunchasini yaratish mumkin.

Turk respublikalarida axborot - analitik markazlarining endi – endi rivoj topayotgani ma’lum. Turk respublikalari soliqlarning bir qismini huddi shunday markazlarning qo‘llab – quvvatlanishiga ajratish yo‘li bilan moliy jihatdan tug‘ilgan muammolarni hal qilish imkoni topadi. Zotan, rivojlangan davlatlar ham huddi shunday uslublar yordamida bu sohaga investitsiya kiritib, natija olmoqda.

Turk respublikalari mustaqilligining 30 – yilligiga bag‘ishlangan maxsus nashrlarning tayyorlanishi borasida, bunday nashrlarning tashkilotga to‘liq a’zo va kuzatuvchi barcha davlatlarning tillarida chop etilishiga alohida e’tibor berilishi, ajoyib tashabbus bo‘ladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Turk respublikalarining axborot - analitik markazlari o‘z kuchini birlashtirganida, Turk dunyosining kelajagi yana – da porloq tus oladi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Shusha , #Turk kengashi

Aloqador xabarlar