Bularni bilasizmi 48-qism

Dunyoda jismoniy tarbiyani o’z davlatida majburiy qilgan ilk davlat arbobi Mustafo Kamol Otaturk ekanligini bilarmidingiz?

1532265
Bularni bilasizmi 48-qism

 

Otaturk sportga, sportchiga, sport klublariga katta ahamiyat bergan va dunyoda jismoniy tarbiyani o’z davlatiga majburiy qilgan ilk davlat arbobidir. “Sog’lom aql sog’ tanda bo’ladi” degan so’zi ham uning sportga qanchalik e’tibor berganini ko’rsatadi.

Otaturk kurash, futbol, suv sportlari, kurak tortish, suzish, chavandozlik, o’qchilik bilan ham yaqindan qiziqqan va ushbu sport turlari bo’yicha federatsiya tashkil etilishiga boshchilik qilgan.

Otaturk vafotidan so’ng, Fransiyada nashr qilingan “L’Auto” gazetasi u haqda maqola chop etadi. Ushbu maqolada Otaturkning sportga qanchalik katta ahamiyat berganligini anglatadi. Maqolada quyidagi so’zlar diqqat jalb etadi:

“Dunyoda ilk marta jismoniy tarbiyani majburiy qilgan davlat arbobi Otaturk bo’ldi. U buni nafaqat so’zda, balki amalda isbotladi. Stadionlar va turli sport markazlari tashkil etildi. Uning yetakchiligida Turkiyada sportga berilgan e’tibor tobora oshib bordi va katta ahamiyat kasb etdi”.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Mustafo Kamol Otaturk

Aloqador xabarlar