Tog‘li Qorabog‘ g‘alabasi, Turk dunyosiga ishonch baxsh etdi

Dasturimizning bugungi sonida Ozarbayjonning Qorabog‘ g‘alabasi haqida so‘z qilamiz. (Yevroosiyo kun tartibi - 47)

1530674
Tog‘li Qorabog‘ g‘alabasi, Turk dunyosiga ishonch baxsh etdi

2020 – yilning 27 – sentabri kuni Armanistonning hujum uyushtirishi ortidan Tog‘li Qorabog‘dagi to‘qnashuvlar avj oldi. Shusha shahrining Ozarbayjon Qurolli kuchlari tomonidan qaytarib olinishi ortidan Armaniston mag‘lubiyatni tan olib, o‘q uzishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvga qo‘l qo‘yishga majbur bo‘ldi. Rossiya o‘rtamchilik qilgan uch tomonli kelishuv shu yilning 10 – noyabri kuni imzolandi.  

Roppa – rosa 44 kun davom etgan urush yakunida Ozarbayjon Qurolli kuchlari bosib olingan 7 tuman bilan Shusha doxil 7 qishloqni qutqardi. Tog‘li Qorabog‘ning maqomiga keyinchalik aniqlik kiritiladi. Kelishuvga muvofiq Ag‘dam tumani 20 – noyabr, Kalbajar 25 – noyabr, Lochin 1 – dekabrgacha boshatib beriladi. O‘z tuprog‘i, o‘z uy – joyidan mahrum bo‘lgan muhojirlar, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Muhojirlar bo‘yicha oliy kengashi nazoratida, Tog‘li Qorabog‘ va atrofidagi mintaqalardagi uylariga qaytish imkoniga ega.

Kelishuvning 3 – moddasiga muvofiq Tog‘li Qorabog‘dagi jabha chizig‘i bilan Lochin yo‘lagi bo‘ylab jami 1960 askar va 450 dan ortiq turli transportlardan tashkil topgan Rossiyaning tinchlikparvar kuchi joylashtirildi. Rossiya tinchlikparvar kuchi 5 yil  mintaqada bo‘ladi. Shuningdek, Turkiya va Rossiya Mudofaa vazirlari o‘q uzishni to‘tatish kelishuviga amal qilish masalasini nazorat qilish maqsadida “Turk – rus nazorat markazi” tashkil etish ustidan anglashuv memorandumiga qo‘l qo‘ydilar. 

Qo‘l qo‘yilgan kelishuvning 9 – moddasi, Naxchivan avtonom respublikasini Ozarbayjonga bog‘lovchi yo‘lakning ochilishini ko‘zda tutmoqda. Shu yo‘l bilan Turkiya, Ozarbayjon va Markaziy Osiyo mintaqasiga quriqlikdan bog‘lanish imkoniga ega bo‘ladi. Kars - Ig‘dir – Naxchivan Temir yo‘li loyihasi yo‘lga qo‘yilgudek bo‘lsa unda Naxchivanni Bokuga yetaklovchi temir yo‘lining tamomlanishi masalasi ham kun tartibiga olib chiqiladi.  

Tuzilgan kelishuv ortidan Armanistonda muammolar tug‘ildi. Yerevanda xalq Bosh vazir Nikol Sarkisyanning iste’fosini talab qilib, namoyishlar uyushtirmoqda. Xavfsizlik va razvedka kuchlari ham muxolifatni to‘ntarish uyushtirish bilan ayblab, qamoqqa olmoqda.

Urush kunlari arman hujumlari natijasida, Ozarbayjonda tinch aholidan 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Armaniston unda tinch aholini nishonga olish orqali, urush va insonlik jinoyatiga qo‘l urdi.  

Kelishuvga muvofiq bosib olgan mintaqani tark etayotgan armanlarning ketishdan oldin uy – joylar, o‘quv markazlari va o‘rmonlarga o‘t qo‘yishi aslida ularning bu yerlarni “O‘z tuprog‘i, vatani” deb qabul qilmagani namoyish etmoqda. Bunga qarshi ozarbayjonliklar 1994 – yili mintaqadan surgun qilinar ekan, uylarining kalitini yonida olib ketish orqali bir kunmas bir kun, mutlaqo uylariga qaytishlariga ishonch hosil qilgandi. Shunday ekan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev qayd etganidek, Armaniston bosib olgan tuproqlariga ziyon yetkazgani uchun tovon puli to‘lashi lozim.

Ozarbayjon Bosh prokuraturasi Tog‘li Qorabog‘ga Ozarbayjon Qurolli kuchlariga qarshi urushish uchun Suriya, Livan va Iroqdan kelgan PKK/ PYD/ YPG terror tashkiloti a’zolari ustidan tergov ishi boshlatdi. Imperialist kuchlarning Qorabog‘ni yangi terror markaziga aylantirish say – harakatlari bekor qilindi. Urush natijasida, mintaqada hal qiluvchi kuchning Rossiya va Turkiya ekani, g‘arb davlatlarining mintaqa ustidagi eski kuchining qolmaganini yaqqol ko‘rsatdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Tog‘li Qorabog‘ g‘alabasi, Turk dunyosiga ishonch baxsh etdi. Bir kun kelib, bosib olingan boshqa turk tuproqlari ham birma – bir qutqariladi. Turk dunyosining birlashish say – harakatlari, bundan buyon yana – da jadal tus oladi.  

 



Aloqador xabarlar